BBC News Uzbek zhurnalisti Ibrat Safo O‘zbekistonda IIBga chaqirilgani, IIB xodimi esa undan vatanparvar – “patriot” bo‘lishni so‘ragani haqida xabar bergan edi.
Zhurnalistning IIB chaqirilishi izhtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Hatto Buyuk Britaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart ham holatga o‘z munosabatini bildirib, zhurnalist bilan sodir bo‘lgan voqeani qoraladi.
“O‘zbekiston Konstitusiyasida zhurnalist huquqlarini cheklash va senzuraga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Prezident Mirziёevning baёnotlari ham OAV erkinligiga sodiqlikni ko‘rsatadi. Ammo bu kabi holatlar asl vaziyat teskari ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, – deydi Timoti Smart.
Maъlumot uchun, Ibrat Safo zhoriy yilning 28 fevralь kuni Chilonzor tumani IIBga chaqirilgan. Maъlum bo‘lishicha, bunga uning shu yilning 1 fevralidagi izhtimoiy tarmoqda ёzilgan posti asosiy sabab bo‘lgan. Zhurnalist O‘zbekiston haqida “negativ” fikrlar qoldirgani uchun Zhasur ismli shaxs “Prezident administrasiyasi qoshidagi Ommaviy axborot vositalarini monitoring qiluvchi markaz” tomonidan topshiriq olganini telefon orqali maъlum qilgan.
Shundan so‘ng, u Ibrat Safoga “O‘zbekiston hukumatini obro‘sizlantirish” degan qonun bor ekanligini eslatib qo‘ygan, zhurnalistni esa “patriot” “vatanparvar” bo‘lishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Timoti Smart 2023 yildan buёn Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.