3 mart kuni 74 nafar hamyurtimiz AQShdan O‘zbekistonga qaytarilgan. Maъlumotlarga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi Meksika va bir qancha boshqa davlatlar orqali Amerikaga o‘tishgan.
Maъlumot uchun, 2023 yilning 20 dekabrida ham AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi AQSh-Meksika chegarasi orqali AQShga kirishga urinaёtgan O‘zbekiston fuqarolarini chiqarib yuborish siёsati bo‘yicha shoshilinch o‘zgartirishlar kiritilaёtganini maъlum qilgan.
«AQSh Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tizhorat aviakompaniyalari hamda AQSh Immigrasiya va bozhxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda», — deya xabar bergan edi elchixona.
Shuningdek, elchixona AQSh-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy migrasiya xavfli va qimmat ekanligini qayd etib, kontrabandachilarning ёlg‘on vaъdalariga uchmaslikka chaqirgan.
AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar ushbu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migrasiyaga ёrdam beradigan oila aъzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.