“WorldBank’ning “Aёllar, biznes va qonun” 2024 indeksi teng ish haqini taъminlash va gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish uchun 2022 yil oktyabrdan beri amalga oshirilgan islohotlar tufayli O‘zbekiston dunёning eng yaxshi 5 ta davlati qatoriga kirdi. Tabriklayman, bu O‘zbekiston hukumati, Senati va fuqarolik zhamiyatining yutug‘idir”, – dedi Zhahon bankining O‘zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli.
Zhahon banki dunё bo‘ylab huquqiy gender tengligi yo‘lida erishilgan yutuqlarni baholovchi “Aёllar, biznes va qonun” (2024-yilgi WBL) nomli asosiy yillik hisobotini eъlon qildi. 2024 yilgi nashrda 190 mamlakat, zhumladan, O‘zbekistonni 10 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholovchi indeks mavzhud. Bular: Xavfsizlik, harakatchanlik, ish zhoyi, maosh, nikoh, ota-onalik, bola parvarishi, tadbirkorlik, aktivlar va pensiya.
“ “Aёllar, biznes va qonun” bo‘yicha so‘nggi hisobot 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda atigi 18 ta davlat – baholanganlarning 10 foizidan kamrog‘i – ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha huquqiy islohotlarni amalga oshirganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, ushbu mamlakatlar qonun ostida gender tengligini oshirishga qaratilgan 47 ta islohotlarni amalga oshirdilar. Evropa va Markaziy Osiё mintaqasida esa beshta – O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayzhon, Kipr va Moldova to‘qqizta islohotni amalga oshirdi”, – deyilgan bank xabarida.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Iordaniya, Malayziya, Serra-Leone va Togo bilan birga 2022 yil oktyabr oyidan boshlab gender tengligini taъminlovchi to‘rtta muhim islohotni amalga oshirib, eng ko‘p yaxshilangan beshta davlatdan biri sifatida tan olingan.
“Islohotlar ikkita asosiy ko‘rsatkichga – “To‘lov” va “Nikoh”ga izhobiy taъsir ko‘rsatdi, bu esa O‘zbekistonning 2024 yilgi WBL indeksida 82,5 ball bo‘lgan mavqeini 11,9 punktga oshirishga olib keldi. Mamlakat Singapur, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir xil ko‘rsatkichlarga erishdi, shuningdek, Markaziy Osiёda eng sezilarli taraqqiёtni ko‘rsatdi.
Xususan, O‘zbekistonda teng qiymatdagi ish uchun teng haq to‘lash mazhburiyatini yukladi va aёllarning sanoat va xavfli deb topilgan ishlarda ishlashiga cheklovlar olib tashlandi. 2022-yil oktyabr oyida rasmiylar ushbu qoidalarni xalqaro mehnat standartlari va konvensiyalariga mos ravishda o‘z ichiga olgan yangi Mehnat kodeksini qabul qildi”, – deya keltirilgan hisobotda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda aёlni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunlar qabul qilingani, 2023 yil aprel oyida Zhinoyat kodeksi va Maъmuriy zhavobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga oiladagi zo‘ravonlik, zhumladan, oilaviy munosabatlardagi zhismoniy, ruhiy va moliyaviy zo‘ravonliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritilib, bunday huquqbuzarliklar uchun zhinoiy zhazo belgilangani ham alohida taъkidlangan.