O‘zbekistonlik diplomatlar Buyuk Britaniya biznes va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Luis Kolvell bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning Zhahon savdo tashkilotiga (ZhST) aъzoligi va eksport hazhmini oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Bu haqda «Dunё» AA xabar berdi.
26−29 fevralь kunlari Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan ZhSTga aъzo davlatlar vazirlarining 13-uchrashuvi doirasida Britaniya vakillari uch davlat — Yaponiya, Isroil va Dominikan Respublikasi bilan bozorga kirish protokollarini imzolagan. Qolaversa, Tailand bilan ham muzokaralar yakunlangan.
Shundan so‘ng Britaniya tomoni O‘zbekistonning ZhSTga aъzo bo‘lish yo‘lidagi qadamlarini olqishlab, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muzokaralar olib borishga tayёrligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston eksportini oshirish maqsadida mamlakat tadbirkorlari va britaniyalik ekspertlar ishtirokida vebinar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Zhahon savdo tashkilotiga aъzo bo‘lishi uchun shu paytga qadar 11 ta davlat rozi bo‘lgan. Endilikda yana 153 ta davlatning roziligi kerak.