Kecha, 12 martga o‘tar kechasi Ukraina tomonida zhang qilaёtgan “Rossiyaga ozodlik” legioni va “Sibir batalёni” Rossiya chegarasini kesib o‘tib, rus armiyasi bilan to‘qnashganini eъlon qildi. Bu haqda The Moscow Times shuningdek, bir qancha Rossiya rasmiy manbaalari xabar bergan.
“Rossiya-Ukraina chegarasidan xayrli tong.
Barcha vatandoshlarimiz singari, legionda biz ham Putin diktaturasidan ozod qilingan Rossiyani orzu qilamiz. Lekin biz shunchaki orzu qilmaymiz: biz bu orzularni ro‘ёbga chiqarish uchun barcha saъy-harakatlarimizni amalga oshiramiz.
Rezhimdan erimizni santimetr-santimetrigacha qaytarishni vaъda beramiz. Endi Ruslar tinch uxlaydilar, eshik qo‘ng‘irog‘idan qo‘rqmaydilar va nima o‘ylagan bo‘lsa qo‘rqmasdan o‘ylaganlarini aytadilar. Ruslar kim ёqsa, shunga ovoz berishadi. Ruslar erkin yashaydilar.
Legion kelmoqda. Rossiya uchun! Ozodlik uchun!”, – deya bugun post zhoylagan “Rossiyaga ozodlik” muxolifat guruhi o‘zining Telegram kanalida.
“Sibir batalёni” esa Rossiya Federasiyasidagi zhinoiy diktatura rezhimini tinch yo‘l bilan ag‘darib bo‘lmaydi, degan fikrda.
Guruhning Telegram sahifasida ёzilishicha, bunday rezhimni faqat qo‘lda qurol bilan tinchitish mumkin.
“Bu tunda biz vaъdani bazharishga kirishdik. Rossiya hududida shiddatli zhanglar ketmoqda, — deya ёzilgan xabarda.
“Biz saylovga boramiz” — “Rossiyaga ozodlik” legioni rahbari, “Sezar” laqabi bilan tanilgan Maksimilian Andronnikov bir guruh zhangchilar qurshovida turib baёnot berdi:
“Hurmatli vatandoshlar, bir paytlar Belgoroddan do‘stona Xarkovga raketalar uchganda, Moskva xursand bo‘ldi. Putin siёsatiga zhavoban chegara hududlari o‘qqa tutilganda, Moskva zhim qoldi.
Sizni go‘sht sifatida uydan olisda frontga olib borib, paxta vagonlariga ortishganda, Moskva xandon otib kuldi. Biz o‘ldirish, vayronq ilish, yo‘q qilish ёki zhazolash uchun kelganimiz yo‘q. Biz sizni qashshoqlik va qo‘rquvdan, hokimiyatni tortib olgan diktaturadan xalos qilish uchun keldik.
Farzandlaringizga sanksiyalarsiz va repressiyalarsiz normal, madaniyatli, tanlovi bor saylovlar bo‘ladigan, muhim narsalar haqida gapiriladigan va eng muhimi urushsiz kelazhak bering.
Putin hokimiyatni 20 yil davomida tortib oldi va nima bo‘ldi? Sanksiyalar, iqtisodiy turg‘unlik, 400 mingdan ortiq rus erkaklarining haёti va sog‘lig‘ini o‘ldirgan qonli urush. Rossiya siёsiy raqiblarni o‘ldirdi va zhahon sahnasidan butunlay izolyasiya qilindi. Shuningdek, Gelendzhik va Novo-Ogarevodagi go‘zal saroylar endi vayrona.
U yana bir muddat xizmat qilishni va o‘limigacha hukmronlik qilishni rezhalashtirmoqda. Biz ruxsat bermaymiz. Biz ham siz kabi rusmiz. Biz ham o‘z xohishimizni bildirishga haqqimiz bor va bizning irodamiz qonli diktatorni Rossiya prezidenti sifatida tan olmaslikdir. Uning Noviy Ogarevdan Polar Volьgaga o‘tishi uchun biz hamma narsani qilamiz.
U erda mahalliy aholiga qanday munosabatda bo‘lishini bilamiz. Legion saylovga boradi. Bizni kuting”.
Ko‘p o‘tmay Belgorod va Kursk oblastlarida otishmalar boshlandi. Belgorod viloyatida “Su-27” samolёti urib tushirilgani aks etgan video eъlon qilindi. Mahalliy aholi kuchli portlash ovozini eshitgan va shundan so‘ng o‘rmonda yirik ёng‘in boshlanganinining guvohi bo‘lishgan.
Shuningdek, dronlar huzhumi sabab Rossiyaning Orel shahrida neft bazasida portlash yuz berdi. Sankt-Peterburgdagi Yuzhnaya IES hududida kuchli ёng‘in sodir bo‘ldi.
Ammo Fontanka nashrining ёzishicha, Sankt-Peterburgdagi Zhanubiy issiqlik elektr stansiyasida hech qanday ёng‘in yo‘q.
Tarqalgan videolarda esa ёng‘in issiqlik elektr stansiyasidan temir yo‘l bo‘ylab sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi maъlumotlariga ko‘ra, ikki qavatli omborxona binosi ёnib ketgan, xolos.
Rossiyaning zhanubidagi shahar – Voronezhda ham sirenalar ovozi eshitilgani, Belgorod oblastidagi Lozovaya Rudka qishlog‘i muholifat kuchlari nazoratiga o‘tgani maъlum qilingan. Kursk oblastining Tёtkino qishlog‘i uchun zhanglar ketaёtgani haqida esa Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit rasmiy xabar eъlon qilgan.
“Do‘stlar, bugun barchamiz uchun notinch kecha bo‘ldi. Uchuvchisiz samolёtlarning ommaviy huzhumi boshlandi. Bu haqda xabarlar bor edi. Raketa xavfi haligacha bartaraf etilmagan. Havo huzhumidan mudofaa kuchlarimiz tungi vaqtda ishladi. Ammo Ertalabdan Ushkovskiy tumanidagi Tёtkino qishlog‘i o‘qqa tutilmoqda.
Sabotazh-razvedka guruhi tomonidan ёrib o‘tishga urinish bo‘ldi, otishma bo‘ldi, ammo ular muvaffaqiyatga erisholmadi. Shu bois Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi Federal xavfsizlik xizmatining chegara bo‘limiga hududlarimizni himoya qilgani va tinchligimiz uchun minnatdorchilik bildiraman”, – degan u.
Bu orada “Rossiyaga ozodlik” legioni chegara hududidagi harbiy inshootlar qaerda zhoylashganini, Putinning harbiylarini ko‘rib turganlarni, shuningdek, Rossiya mudofaa sanoatining maxfiy huzhzhatlaridan xabardor bo‘lganlardan ёrdam so‘rab chiqdi. https://t.me/legionoffreedom/1117
“Bizning botimizga tashrif buyuring, “Muhim maъlumotlarni xabar qilish” tugmasini bosing va dushmanni topish va yo‘q qilishimizga ёrdam bering. Koordinatalar, sanalar va vaqtlar, uskunalar turi, ishchi kuchi miqdori, huzhzhatlar, rezhalar va parollar - bularning barchasi biz uchun albatta eng muhim, qimmatli maъlumotlardir. Qurolli qarshilik turli tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, har bir kishi unga qandaydir tarzda foyda keltirishi mumkin. Ayni paytdagi haqiqiy rus muxolifatini qo‘llab-quvvatlang”, deyilgan xabarda.
Rossiya Federasiyasi xavfsizlik xizmati hamda Mudofaa vazirligi ko‘p o‘tmay rasmiy munosabat berdi.
Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Moskvada taxminan soat 3 larda tinch aholi manzillarini shiddatli o‘qqa tutgandan so‘ng Rossiya hududiga uch yo‘nalishda – Odnorobovka, Nexoteevka va Sidoroshino hududlaridan bostirib kirishga uringan.
Mudofaa vazirligining taъkidlashicha, Ukraina Qurolli Kuchlarining barcha huzhumlari qaytarilgan, katta yo‘qotishlarga uchragan Ukraina tuzilmalari orqaga chekingan. Chegara buzilishi holatlari esa yo‘q.
Rossiya Federasiyasi xavfsizlik xizmati Rossiya Federasiyasi hududiga bostirib kirishga urinishi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maъlum qilingan.
“Eъlon qilingan maъlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
10 martdan beri Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Rossiya Qurolli Kuchlarining biriktirilgan bo‘linmalari bilan birgalikda Rossiya Federasiyasining ko‘rsatilgan tarkibiy tuzilmalari doirasida davlat chegarasini buzishga bo‘lgan bir necha urinishlarni to‘xtatdi. Dushmanning 100 dan ortiq xodimlari, oltita tanki, harakatlanuvchi qurollar, 20 ta zirhli zhangovar mashinalar, mustahkam nuqta yo‘q qilindi.
Ukraina chegara hududida qurolli tuzilmalarga qarshi zarbalar davom etmoqda”,— deyiladi xavfsizlik xizmati xabarida.
Kursk viloyatidagi zhang esa Tetkino qishlog‘i yaqinida ertalab soat 08.00 larda boshlangan.
“Dushman uch tomondan chegarani buzib o‘tishga uringan. Himoyachilarimiz tomonidan murosasiz otishma bilan kutib olingan. Biroq, alohida otishmalar, o‘t ochish holatlari hozirgacha davom etmoqda, — deb xabar beradi WarGonzo.
Maъlumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar chog‘ida ikki kishi zharohatlangan.
Ammo Rossiya rasmiylarining xabarlarni rad etib borishi davom etdi. Masalan, Belgorod viloyatida urib tushirilgan “Su-27” samolёti haqidagi xabar ham ko‘p o‘tmay rad etildi.
Ammo boshqa bir samolёt “Il-76” Rossiyaning Ivanovo viloyatidagi “Severnыy” aerodromi yaqinidagi o‘rmonzorga qulab tushdi. Maъlumotlarga ko‘ra, uning bortida 15 nafar odam bo‘lgan va ularning bari o‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya hukumati huzhumlar qaytarilgani, muxolifatchilarning halok bo‘laёtganini eъlon qildi. Ammo muxolifat guruhlari aksincha, Rossiya ichida Rossiya qo‘shinlari chekinaёtganini iddao qilmoqda.
Masalan, “Rossiyaga ozodlik” legioni Kursk oblastining Tёtkino posёlkasini to‘liq nazorat qilaёtgani, rossiyalik harbiylar o‘z pozisiyalari va texnikalarini tashlab qochib ketganini maъlum qilgan bo‘lsa, “Rossiya ko‘ngillilar korpusi” ham o‘z videosini namoyish etib, dushman kuchlari qochib ketgani haqida xabar berdi.
Voqealar rivozhi qanday yakun topadi? Bu hozircha nomaъlum. Ammo Uzdiplomat.uz’ni kuzatishda davom etsangiz tez orada barchasini bilib olasiz.