“Import qilingan avtomobillarni sertifikatlash uchun Pskentdagi poligonga olib kelganlar navbat ko‘pligidan shu erda tunab qolishiga ham to‘g‘ri kelmoqda”. Shu kunlarda bunday xabarlarni tez tez kuzatishingiz mumkin. Turli tiyiqsiz tazhribalardan, mukammal ishlanmagan qarorlardan, sunъiy o‘rnatilaёtgan to‘siqlardan odamlar zada bo‘lmoqda.
Hukumat zhamiyatda yangilikni amalga oshirishi uchun odamlar haёti bilan tazhriba o‘tkazishi kerak emas, aksincha aholiga mukammal ishlangan rezha asosida ishlab ketadigan, norozilikka sabab bo‘lmaydigan tizim yaratib berishi kerak.
Prezident zhamiyatning rivozhlanishi, odamlarning erkin faravon yashashi uchun qaror va farmonlar chiqaradi. Bularning izhrosini taъminlash esa bevosita hukumatning zimmasida. Ammo bizda Prezident bergan topshiriqlar o‘z vaqtida samarali bazharilayaptimi? Chiqarilaёtgan qaror va farmonlar izhrosi taъminlanayaptimi? Savollarga baralla zhavob berish mushkul.
Havo har kuni tund, o‘zgarishdan darak yo‘q. Qora bulutlar ortidan haliveri quёsh ko‘rinmaydigandek. O‘zbekiston hukumati ham mana shu havo kabi odamlarni umidsizlik, bir hillik domiga tortmoqda. Kutmang, umid qilmang biz o‘zgarmaymiz, deyaёtgandek.
Salkam 10 yillik davrda Aripov boshchiligidagi Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoq vazirlari qanday yangiliklar qila oldi, yillar davomida hukumat oldinga qadam tashladimi ёki botqoqqa botayaptimi, degan savolni o‘rtaga tashlashga bugun zhamoatchilik yuz foiz haqli.
Qaysi sohada bugun O‘zbekiston gullab yashnamoqda, korrupsiyadan tashqari, albatta. Hukumat haqiqatan odamlarga xizmat qilayaptimi, odamlarning yuqoriga ishonchi ortdimi ёki aksincha?!
Byudzhet mablag‘lari azhratilgan tarmoqlarga to‘liq etib borayaptimi?
Kambag‘allik yil sayin qisqarib boraёtganiga ishonish mumkinmi?
Qay soxaga mo‘ralamang tizimli muammolar qarshisidan chiqasiz. Hukumat belgilagan taraqqiёt strategiyasi bugun faqat qog‘ozdagina chiroyli. Taraqqiёtga ham faqatgina qog‘ozlarda erishilmoqda. Amaldagi manzara tund.
➖Energetika masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
➖Axborot siёsati shaxslarga xizmat qiluvchi, erkin fikr, tanqidlarni talovchi trollar armiyasiga bo‘linib ketgan.
➖Ekologiya sohasida ob-havo, suv, qurg‘oqchilikka echim beruvchi strategiya taqdim etilmagan.
➖Tibbiёtda hamon sug‘urta masalasi ko‘ndalang turibdi.
➖Taъlimda oddiygina forma, o‘quv qo‘llanmalar, maosh masalasi echim kutmoqda.
➖Aksar zhamg‘armalar shaffofligi taъminlanmagan.
➖Davlat xizmatchilari kadrlar masalasi xarobdek. Iqtisodchi bugun tibbiёtga vazir bo‘lsa, ertaga soliqqa, indinga tashqi migrasiya rahbari bo‘lib turibdi.
Hukumat tubdan yangilanish, o‘zgarishlarni kutib nurab boraёtgandek.
Mana necha yildirki biz tanigan hukumatdagi rahbarlar qiёfasi o‘sha-o‘sha, ularning sohasi o‘zgarishi mumkin, boshqaruvda lavozimlarda qolaveradi. Shuning uchun ham boshqaruvdagi ishlarda silzhish sezilmaydi. Shaharsozlik, qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash, tekis yo‘llarni ko‘paytirish, palapartish qurilishlarni to‘xtatish. Yuqorida sanalgan bironta sohada yaqin kelazhakda iliq o‘zgarishlarni kutish o‘rinsizdek.
Rahbarlar o‘zgarishi mumkin, lekin muammolar o‘zgarmaydi. Yangilik yaratishi, kompaniya faoliyatining rivozhlanishi uchun yaqinda O‘zbekiston teleradiokompaniyasiga yangi rahbar qo‘yildi.
Xo‘sh, nima o‘zgardi?
Davlat byudzhetidan ortiqcha pul olish, sarflash bu rivozhlantirish, yangilik yaratish belgisi emas. Hozircha MTRK rahbari zhamoatchilik ko‘z o‘ngida faqatgina byudzhetdan ortiqcha mablag‘ olaёtgani (MTRK — 881,4 mlrd so‘m (o‘tgan yili 559 mlrd 913,6 mln) bilan esda qolmoqda.
Hukumatning zhamoatchilik oldidagi vaъdalari esa bisёr. 2020 yilda ichimlik suvi taъminoti darazhasini respublikada 69 foizdan 91 foizga ko‘tarishni vaъda bergan edi. Ko‘tarildimi? Qishloqlar infratuzulmasi yaxshilanishi, bosh rezhalar tasdiqlanishi, faravonlik darazhasi o‘sishi lozim edi. Vaъdalar bazharildimi?
Mana saylov o‘tdi, parlament o‘zgardi, Senat o‘zgardi. Qonun chiqaruvchilar o‘zgardi. Endi izhro tizimimiz ham o‘zgarsa, zhamiyat ham o‘zgaradi, aksincha esa…