Zhoriy yilning 14 iyulь kuni kuchli sel tufayli Andizhon viloyatining Xo‘zhaobod va Zhalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklardan biri qulagani tasvirlangan video tarqalgandi.
Garchi suv oqimi baland bo‘lmasa-da ko‘prikning o‘rtasi qulagan va suvga tushib ketgan.
Andizhon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, ko‘prikni qayta qurish ishlari boshlanganini maъlum qildi.
Ammo bu O‘zbekistonda qulab tushgan yagona ko‘prik emas. Uzdiplomat.uz o‘rganishlariga ko‘ra, 2023-2024 yillarda (bir yarim yil ichida) respublikada zhami 10 ta ko‘prik qulab tushgan.
Masalan, O‘zgidrometning xabar berishicha, 14 iyulь kungi sel oqibatida avtomobillar o‘tuvchi ko‘prikdan tashqari Xo‘zhaobod tumanidagi Oqbuyra darёsi orqali o‘tuvchi piёdalar ko‘prigi ham vayron bo‘lgan.
Shuningdek:
- 21 may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida ham mahalla ichidan o‘tgan ko‘prik ёg‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan. Mazkur ko‘prik 1974 yilda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, fuqarolar murozhaatlariga qaramasdan 60 yil davomida taъmirlanmay kelgan bo‘lgan.
- 20 may sanasida esa Andizhon viloyati Andizhon tumani Darёbo‘yi MFYda Qoradarё ustidan o‘tgan ko‘prik qulagan.
Izhtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, ko‘prik eskirib qolgan va taъmirtalab ahvolda bo‘lgan. - Zhoriy yilning 6 may kuni Qashqadarё viloyatida Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi darёdagi sel ko‘prikni buzib ketgan.
Maъlum bo‘lishicha, holat Qashqadarё darёsi uzan ustidan o‘tgan ko‘prikning asos poydevorini sel suvlari yuvishi sababli yuzaga kelgan. O‘shanda Chiroqchi tuman hokimligi ko‘prikni taъmirlash ishlari boshlanganini xabar qilgan.
- 4 mart sanasida Buxoro viloyati Zhondor tumanidagi Zarafshon darёsi ustiga qurilgan ko‘prik qulab tushgan. Oqibatda uning ustidan o‘taёtgan yuk mashinasi darёga tushib ketgan.
Zhondor tuman hokimligi esa buni yuk mashinasi olib o‘taёtgan yukning og‘irligi bilan izohlagan. - Shu kabi zhoriy yilning 16 fevralь kuni Qashqadarё viloyati Muborak tumanida ham ko‘prikning o‘rtasi bo‘linib ketgan. Bu vaziyatda ham hokimlik ko‘prikning sifatsiz qurilgani uchun o‘zini emas, yuk mashinalarini ayblagan.
“Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Muborak – Pomuq – Alang – Nishon” avtomobilь yo‘lining 17 kmda, 1982 yilda (zovur ustida) qurilgan, uzunligi 12 pm bo‘lgan ko‘prik og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining muntazam harakatlanishi natizhasida nosoz holatga kelib qolgan”, degan hokimlik.
- 2023 yilning oktyabrь oyida Surxondarё viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ko‘prik qulab tushgandi. Uning qurilishiga esa naqd yarim million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Atigi 1,5 yilga bardosh bera olgan ko‘prikning yuqori plitalari ko‘p o‘tmay qulay boshlagan.
- 2023 yilning 16 sentyabrь kuni Sirdarё viloyati Oqoltin tumanida zhoylashgan ko‘prik yaxshi qurilmagani sababli sinib, cho‘kib ketgan.
Hokimlik yo‘lning «Toshkent-Zhizzax» yo‘nalishidagi qismida zhoylashgan ko‘prik oraliq qurilma balkalarining 5 tasida ёriq vuzhudga kelgani bilan vaziyatni tushuntirgan.
- 2023 yil 12 avgust kuni izhtimoiy tarmoqlarda xalqaro aeroportga olib boruvchi yo‘l ustiga qurilaёtgan ko‘prik to‘sinlarining poezd qatnovi taъsirida qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgandi.
O‘shanda Toshkent shahar hokimiyati «Yagona buyurtmachi xizmati» IK buyurtmachiligida «Ko‘prikqurilish» tresti UK tomonidan amalga oshirilaёtgan «Toshkent shahar Yakkasaroy tumani «Bobur» ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»ga olib boruvchi va «Sodiq Tolipov» ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish» obъektida, temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran ёrdamida montazh qilish zharaёnida, ehtiёtsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona balka montazh zhoyidan tushib ketganini aytgan edi.
Shuning bilan, bir yarim yil ichida O‘zbekistonda zhami 10 ta ko‘prik turli sabablar bilan qulab tushgani maъlum bo‘lmoqda. Shu o‘rinda savol paydo bo‘ladi – XXI asrda O‘zbekiston quruvchilari oddiy ko‘priklar qurishni va taъmirlashni ham eplolmayaptimi?
Nima uchun ko‘priklar qulashidan oldin taъmirlanmaydi? Taъmirlansa, nega sifatli qilinmaydi? Aybdorlar esa zhazolanmaydi? Ёki qurbonlar bo‘lishi shartmi?
2023 yilda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida O‘zbekistonda 14 863 ta ko‘prik borligi, shundan 32 foizi, yaъni 4834 tasi qoniqarsiz, 5−6 foizi esa yaroqsiz holatda ekani aytilgandi.
Shu yilning o‘zida davlat rahbari tomonidan avariya holatidagi ko‘priklarni tiklash bo‘yicha alohida qaror ham qabul qilingan va unda 2024 hamda kelgusi yillarda davlat byudzhetidan zarur mablag‘larni azhratish belgilangan.
Hatto bu bo‘yicha alohida dastur qabul qilingan va unda kelgusi yillarda 226 ta ko‘prikni tiklash ko‘rsatilgan.