Krasnodarda o‘zini Mudofaa vazirligi xodimi sifatida ko‘rsatgan va urushga safarbarlikdan qochishga uringan ruslarning pullarini o‘g‘irlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati maъlum qilgan.
Maъlum bo‘lishicha, u 47 ёshda bo‘lgan va rossiyaliklarga Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligining yuqori martabali xodimi deb tanishtirgan. Shundan so‘ng, u bir necha Rossiya fuqarolaridan ularni urushga safarbar qilmaslik evaziga pul undirgan.
“Erkak bir necha bor mulkiy zhinoyatlarda ayblanib, Rossiyada noqonuniy ravishda qolib ketgan. Bundan tashqari, u vatanida sodir etgan zhinoyati uchun federal qidiruvda bo‘lgan.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan soxta huzhzhatlar tayёrlash va firibgarlik moddalari bo‘yicha yangi zhinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda”,
deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bungacha Ukrainaning Volin viloyatida bron qilish evaziga pul undirgan harbiy komissarlar qo‘lga olingan bo‘lgan.
Shuningdek, Rossiyaning boshqa hududida firibgarlar FSB niqobi ostida rossiyalik aёlning o‘g‘lini urushga safarbar qilish bilan qo‘rqitib, 1,5 million rubl pul undirib olgan vaqtida ushlangan.