Uzdiplomat.uz “Uni taniysizmi?” loyihasi orqali rahbarlarning xalqqa qay darazhada tanish ekani haqida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Loyihaning bu galgi qahramoni O‘zbekiston turizm sohasi “ega”si – Aziz Abduhakimov bo‘ldi.
O‘zbekistonning bir nechta muhim lavozimlarida yillab ishlab kelaёtgan Aziz Abduhakimovni odamlar biladimi?
So‘rovnomada qatnashgan odamlar Aziz Abduhakimovni universitet dekani, deputat hamda Oliy taъlim vaziri deb aytishdi.
“Bu kishi vazirlikda ishlasa kerak, adashmasam Oliy taъlim vaziri”,- deydi aёl.
Shuningdek, boshqa bir respondent 20 yil davomida ekologiya bo‘yicha ilmiy ish qilsa ham Abduhakimovni tanimasligini bildirdi.
“Bu insonni tanimas ekanman. O‘zim 20 yil davomida Ekologiya sohasida ilmiy ish olib borganman, ammo bu inson haqida eshitmaganman”,- deydi so‘rovnoma qatnashchisi.
Yana boshqa bir ishtirokchi esa, Ekologiya vazirini universitet dekani bilan adashtirdi.
“Rasmdagi inson universitetimizda ko‘rgan edim. Fakulьtet dekani bo‘lsa kerak”, — deydi qatnashchi.
Ammo Aziz Abduhakimovni taniydigan va uning Ekologiya vaziri lavozimida ishlashini biladiganlar ham yo‘q emas.
“Bu insonni taniyman. Ekologiya vaziri bo‘lib ishlaydilar. Oldin turizm sohasida faoliyat olib borgan, ko‘p yaxshi ishlaridan taniymiz”,-deydi respondent.
Maъlumot uchun, Aziz Abduhakimov o‘z mehnat faoliyatini «Ipak yo‘li» bankida turli lavozimlarda boshlagan.
Bir qancha davlat tuzilmalarining masъul lavozimlarida faoliyat yuritgan Abduhakimov alohida tarmoq rahbari sifatida 2012 yildan ishlay boshlagan. O‘sha yili u O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi vazifasiga tayinlangandi. Shundan buёn Abduhakimov vazir, ё vazir darazhasiga tenglashtirilgan lavozimlarni egallab kelmoqda:
2012—2014 yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo‘mitasi raisi;
2014—2017 yillarda Mehnat va aholini izhtimoiy himoya qilish vaziri;
2017—2018 yillarda Turizmni rivozhlantirish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ishladi.
Ayni shu vaqtdan buёn u turizmga o‘zgacha mehr qo‘ydi, va bu tarmoqqa qayta-qayta rahbar sifatida tayinlanib, o‘z nazoratida ushlab keladi.
2018—2021 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan Abduhakimov 2020 yilda yana Turizmni rivozhlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘ldi.
Keyinchalik turizm sport vazirligi tarkibiga kiritilganda ham u tarmoqni boshqargan.
2021—2022 yillarda yaъni bir yil davomida uning rahbarligidagi tuzilma bir necha bor o‘zgardi va u Turizm va sport vaziri, Turizm va madaniy meros vaziri vazifalarini bazhardi.
2023 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilgandi. Xususan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati hamda O‘rmon xo‘zhaligi davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Tabiat resurslari vazirligi tashkil etildi. Unga esa Aziz Abduhakimov rahbar etib tayinlandi.
Oradan olti oy o‘tar-o‘tmay, ushbu vazirlikning nomi o‘zgardi. U esa o‘z zhoyida qolib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri bo‘ldi. Oradan bir oy o‘tmay, 2023 yilning iyulь oyida yillar davomida Abduhakimov “qaramog‘i”da bo‘lgan turizm yana uning nazoratiga, aniqrog‘i u rahbarlik qilaёtgan vazirlik qoshiga o‘tkazildi.
Aziz Abduhakimov Ekologiya vaziri lavozimiga tayinlangandan buёn, daraxtlarni noqonuniy kesilishini to‘xtatmoqchi bo‘lgan, ammo O‘zbekistonda hali hanuz noqonuniy daraxtlar kesilishiga barham berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Uzdiplomat.uz da avvalroq Baxtiёr Saidov, Alisher Qodirov, Ochilboy Ramatov, Shuhrat G‘aniёv bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgandik