Toshkent, Zhizzax va Namanganda prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, advokat va boshqa mansabdorlar pora bilan ko‘lga tushdi. Bu haqida Davlat xavfsizlik xizmati maъlum qildi.
Xabarga ko‘ra, Zhizzax viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori Zhizzax shahrida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaroni o‘zining vakolatli hamkasbi orqali zhazoni olib tashlashni vaъda qilib, evaziga 1000 AQSh dollari va 1 dona “SAMSUNG GALAXY S24 ULTRA” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchi o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalangan holda, zhinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiёt chorasini qo‘llamaslik hamda uning harakatlarini Zhinoyat Kodeksning ning tegishli moddalari bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi orqali 7 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlangan.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan zhinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali izhobiy hal qilib berish va “qamoqqa olish”tarzidagi ehtiёt chorasini qo‘llamaslik evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilib pullarni undirmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan.
Yana shu kabi, Namangan shahridagi advokatlar hayъati advokati viloyat IIB tomonidan Namangan shahar sudida ko‘rib chiqilaёtgan zhinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan zhazo tayinlanishiga ёrdam berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashёviy dalillar bilan ushlangan.
“Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Zhinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan zhinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiёt chorasi qo‘llanilgan”,
deyiladi xabarda.
Maъlumot uchun, zhoriy yilning-yanvarь aprelь oylarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 5,5 mlrd pora olgan amaldorlar ushlangan.