Shavkat Mirziёev AQSh vakili Ketrin Tay bilan O‘zbekistonning Zhahon Cavdo Tashkilotiga aъzo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, “C5+1” shakli hamda Savdo va investisiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Avval xabar berganimizdek, AQSh Savdo vakili 11-12 iyunь kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ketrin Tayni Shavkat Mirziёev qabul qilgan.
“Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy. hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi”,
deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekistonda AQShning “Air Products”, “Coca-Cola”, “Citibank”, “Visa” va boshqa ko‘plab etakchi korxonalari va banklari bilan kooperasiya aloqalari rivozhlanaёtganligi taъkidlangan.
Bundan tashqari, ikki davlatning ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investisiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘saёtgani qayd etilgan.
Shu bila birga, ikki davlat sanoat kooperasiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma platformani ishga tushirish muhim ekani taъkidlangan.