“Tolibon” muvaqqat hukumati Amerika qurollarini Xamasga zho‘nataёtgani uchun endi mintaqada qurol-yarog‘ savdosini cheklash choralari ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda Euroasia Today nashri ёzmoqda.
Kecha, 9 iyunь kuni O‘zbekiston vakillari Abdulaziz Komilov va Ismatilla Irgashev Afg‘oniston haqida gaplashib olish uchun Vashingtonga bordi. Ularni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili Tomas Vest taklif qilgan. Bu haqda Vest o‘zining Twitter sahifasida maъlum qilgan.
“O‘zbekiston prezidentining tashqi siёsat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevni Afg‘onistondagi umumiy manfaatlar va istiqboldagi yo‘llarni muhokama qilish uchun Vashingtonda qabul qilishdan mamnunman”,
deya ёzgan u.
Suhbat mazmuni hozircha nomaъlum, ammo turli manbalar AQSh Afg‘oniston bilan aloqa o‘rnatishda O‘zbekistondan ko‘mak so‘ragan bo‘lishi mumkinligini ёzmoqda.
“Aftidan, mintaqada shuningdek, Markaziy Osiё davlatlari va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar strategiyasi muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, ushbu strategiyalar Isroil bilan mozharo paytida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi davlat bilan o‘zaro munosabatlarni kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, AQSh Afg‘onistonni G‘arbiy Osiё (Yaqin Sharq) va Markaziy Osiё davlatlari bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllaridan azhratib qo‘yish siёsatini davom ettirmoqda”,
deya ёzgan Euroasia Today.