Markaziy Osiё tekislik hududlarida havo harorati 44-46°S ga, baъzi hollarda, +48°S gacha etishi mumkin. Cuv sathining keskin pasayishi va energetik tizimda kuchli zo‘riqish.
2024 yilda O‘zbekistonda doimgidan issiq ёz kuzatilishi mumkin. Bu Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining tahlillari davomida maъlum bo‘lgan.
Unga ko‘ra, Respublikaning g‘arbiy qismi va cho‘llarida ёzgi mavsumda harorat rezhimi ko‘p yillik o‘rtacha qiymatdan 1ºS – 1.25ºS yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda mavsumiy havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan biroz yuqori (0.75ºS – 1.ºS) bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Iyulь va avgust oyining boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi, baъzi kunlarda harorat uzoq muddatli o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darazhada ko‘tarilishi mumkin.
“28 may kuni Tinch okeanida uzoq davom etgan Elь-Ninьo hodisasi faolligi asta-sekin so‘nib, o‘z o‘rnini La-Ninьo hodisasiga bo‘shatib berishi maъlum bo‘lgan. Dunёda 10 oy davom etgan Elь-Ninьo hodisasidan so‘ng Tinch okeani markazi va sharqiy qismlarida suv haroratining barqaror pasayib borish hodisalari kuzatila boshlamoqda.
Termik depressiyaning davomiyligi 2-3 sutkadan 5-7 sutkagacha, baъzi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi mumkin”,
deyiladi xabarda.
Buning oqibatida esa, O‘zbekiston, shuningdek, mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘zhaligi, iqtisodiёt tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatiladi. Ayniqsa, darё va dengiz hududlarida suv sathining keskin pasayishi ehtimoli yuqori.
“Zhoriy yilning iyunь – avgust oylarida Tinch okeanida La-Ninьo hodisasining to‘liq shakllanishi 50%, iyulь – sentyabrda 60% hamda avgust – noyabrda 70% ehtimollikda rivozhlanishi prognoz qilinmoqda. 2024 yilning noyabrь oyidan 2025 yilning yanvarь oyi oralig‘ida mazkur hodisa o‘zining faol rivozhlanish bosqichiga o‘tadi”,
deya qo‘shimcha qilingan xabarga.
Qayd qilinishicha, issiq ёz O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa. Bunda zhanub va cho‘l hududlarida +40…+45 darazhagacha, qolgan hududlarda esa +40…+42 darazhagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo ёz oyida odatda 5-7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2-3 marotaba kuzatiladi.
Maъlumot uchun, “Elь-Ninьo” (ispancha – bolakay) ob-havo fenomeni o‘rtacha 2-7 yilda bir marta sodir bo‘ladi va odatda 9 oydan 12 oygacha davom etadi. Bu Tinch okeani markaziy va sharqiy tropiklarida suv yuzasidagi haroratning ko‘tarilishi bilan bog‘liq iqlim rezhimi hisoblanadi. “Elь-Ninьo” dunёning ko‘plab qismlari va okean mintaqalarida harorat rekordlari va haddan tashqari issiq ob-havo sharoiti ehtimolini sezilarli darazhada oshiradi.