Chigirtka galalari Buxoroga ham etib kelishgan. O‘zbekiston bu muammoni qanday bartaraf etmoqchi?
Qozog‘iston o‘z tarixida ilk bor yirik chigirtka galalari bosqiniga duch keldi. Bu O‘zbekiston bilan chegaradosh zhanubiy hududlarida ham kuzatilmoqda.
Turkiston viloyatida 300 ming gektardan ortiqroqda chigirtka tarqalgan maydonlar aniqlangan. Hozirda ularga qarshi kurash olib borilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Serik Zhumangarin Qozog‘iston birinchi marta chigirtka tarqalishining bunday ulkan hududlariga duch kelganini aytgan.
“Bu yilgidek chigirtkalar tarqalgan ulkan hududlarni hech qachon uchratmaganmiz. Va biz hammamiz uning tarqalishining mumkin bo‘lgan oqibatlarini kam baholaymiz. Qishloq xo‘zhaligi vazirligining Davlat nazorat qo‘mitasiga barcha prosessual masalalarni zudlik bilan yakunlab, barcha zarur texnikalarni zarur bo‘lgan hududlarga zho‘natishni topshiraman. Tig‘iz paytlarda haftasiga ikki marta shtab yig‘ilishlarini o‘tkazamiz»,
dedi Bosh vazir o‘rinbosari.
Turkiston viloyati hokimligi maъlumotlariga ko‘ra, qayta ishlash 70 birlik er usti texnikasi ёrdamida amalga oshirilmoqda, qo‘shimcha to‘rtta samolёt etib kelgan. Ayni paytda barcha zarur texnika sabzavot va poliz ekinlari ekish atrofiga zhamlangan. Hozirgacha ekinlarga zarar etmagan.
Uch kun avval Qishloq xo‘zhaligi vazirligi Turkiston o‘lkasida chigirtka epidemiyasi yo‘q qilinganini maъlum qilgan edi. Qayd etilishicha, hudud to‘liq qayta ishlangan va qishloq xo‘zhaligi ekinlariga zarar etkazilmagan.
Zhoriy yilda chigirtkalarga qarshi kurashish uchun respublika zaxirasidan 8,1 milliard tenge azhratildi.
Izhtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda ham chigirtkalarning ёpirilishiga oid videolar tarqala boshladi. Zhumladan, Buxoro viloyati Romitan tumanida ham chigirtka galalari faollashgani xabar berilmoqda.
Uzdiplomat.uz mazkur holatning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida bilish uchun Qishloq xo‘zhaligi vazirligi bilan bog‘landi.
«Bu bilan vazirlik huzuridagi o‘simliklar himoyasi va karantin agentligi shug‘ullanayapti. Natizhasi bo‘yicha rasmiy maъlumt beramiz»,
– vazirlik Matbuot kotibi Dilshod Nazirov.