Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Ёlь 10-15 iyunь kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda zhurnalistlarga Zhanubiy Koreya etakchisi maъmuriyati xodimi Kim Txe Xё maъlum qildi.
Uning aytishicha, u Markaziy Osiёdagi tashrifdan so‘ng Ukrainaga boradi.
“Markaziy Osiё qadimiy Ipak yo‘lining asosiy qismi bo‘lgan, Evropa va Osiёni bog‘lovchi strategik maskan.
Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat kabi ko‘plab inqirozlar fonida mintaqaning ahamiyati ortib bormoqda»,
deydi Milliy xavfsizlik byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Kim Txe Xё.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezidentga rafiqasi hamrohlik qiladi. May oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yun Sok Ёlni Shveysariyada 15-16 iyunь kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qilgan edi. 3 iyunь kuni Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifnoma hali ham ko‘rib chiqilaёtganini maъlum qilgandi.
Maъlumot uchun, oxirgi marta Zhanubiy Koreya Prezidenti Mun Chzhe In O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziёevning taklifiga binoan 2019 yil 18 aprelь kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan. O‘shanda ham u 16-18 aprelь kunlari Turkmanistonga, 21-23 aprelь kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziёev esa oxirgi marta 2017 yil noyabrida Zhanubiy Koreyaga safar uyushtirgan.