O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh Prezidenti Zho Baydenning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha eъlonini olqishladi. Bu haqda vazirlik o‘zining may oyi yakunlari bo‘yicha hisobotida so‘z ochgan.
Maъlum qilinishicha, O‘zbekiston TIV G‘azo sektorida tinch aholi, ayniqsa aёllar va bolalar qurbonlari bo‘lgan to‘qnashuvlarni diqqat bilan kuzatmoqda.
“Bu holat bizni chuqur xavotirga solmoqda. O‘zbekiston mozharolarni faqat tinch yo‘l va barcha mavzhud diplomatik vositalar ёrdamida hal qilish tarafdori.
Shu munosabat bilan inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro saъy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barcha mamlakatlarning harakatlarini, zhumladan, AQShning o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch haёtni tiklash bo‘yicha tashabbusini olqishlaymiz”, – deyilgan TIV xabarida.
Shuningdek, O‘zbekiston barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilishga, zo‘ravonlikni oldini olishga va tinch aholi orasida qurbonlar sonining yanada ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.
Maъlumot uchun, yaqinda AQSh prezidenti Zho Bayden Isroilning G‘azodagi urushni to‘xtatish bo‘yicha uch bosqichli taklifini eъlon qilgan edi. Mazkur taklif hududda o‘t ochishni to‘xtatish va Falastinning qarshilik harakati Hamas tomonidan ushlab turilgan mahbuslarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi.
Birinchi olti haftalik davrda Isroil va XAMAS ikkinchi bosqichga – harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatishga o‘tish uchun zarur bo‘lgan muzokaralarni olib boradi.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davom etsa va bu borada AQSh, Misr va Qatar vakili bo‘lgan vositachilar ishlasa, o‘t ochishni to‘xtatish ham uzaytiriladi.
Ammo Baydenning 31 maydagi baёnotidan ko‘p o‘tmay, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uning mamlakati barcha maqsadlariga erishmaguncha urushni davom ettirishini aytgan.