Ukrainada tibbiёt sohasida tahsil oluvchi hindistonlik talabalarning O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirish istagi ortmoqda. Bu haqda yigirma yil davomida hindistonlik talabalarga chet elda (asosan tibbiёt uchun) o‘qishga ёrdam berib kelaёtgan doktor Alax Sharan Singx maъlum qilgan.
Uning aytishicha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mozharo 20 000 dan ortiq hind talabalarining evakuasiya qilinishiga olib keldi. Ularning ko‘pchiligi o‘z o‘qishlarini ko‘chirish uchun dastavval Qirg‘iziston va O‘zbekistonni tanlashgan. Ammo Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi xalqaro ёtoqxonaga uch nafar nomaъlum mahalliy fuqaro kirishga urinib, xorizhlik talabalarni qo‘rqitganidan so‘ng, hindistonlik ёshlar o‘qishni ko‘chirish va o‘qishga kirish uchun eng maqbul mamlakat sifatida O‘zbekistonni ko‘rmoqda.
“Yaqinda Bishkekdagi to‘qnashuv ko‘proq talabalarni oliy taъlim olish uchun O‘zbekistonga yo‘naltiradi. O‘zbekistondagi turli universitetlarda taklif etilaёtgan tibbiёt kurslarida o‘qish istagida bo‘lgan talabalardan tobora ko‘proq so‘rovlar olyapmiz. U erda 12 mingdan ortiq hindistonlik talaba tahsil olmoqda. O‘zbekiston biz uchun tanish er”,
dedi Infodata Cache Private Limited direktori doktor Alax Sharan Singx.
Uning aytishicha, Markaziy Osiё ko‘plab hind talabalari, xususan, tibbiёtda o‘qishni istaganlar uchun tobora ko‘proq afzal ko‘riladigan tanlovga aylanib bormoqda. Yashash narxi Evropa va AQShga nisbatan past, o‘qish to‘lovi hamёnbop va saёhat vaqti Hindistonning yirik shaharlaridan bir necha soatni tashkil qiladi.
“O‘zbekiston Hindiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘langan va Toshkent, Buxoro, Samarqand va Andizhonda ko‘plab universitetlar mavzhud. Bundan tashqari, universitetlar eng so‘nggi texnologiyalar va resurslar bilan yaxshi zhihozlangan”,
deya qo‘shimcha qilgan Singx.
Uzdiplomat.uz O‘zbekistonda xorizhlik talabalarga yaratilgan sharoitlar, ularning mamlakatda turli qarshilik va noqulayliklarga uchrash-uchramasligi haqida bilish uchun Toshkent tibbiёt akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Boshmurodov bilan bog‘landi.
Uning aytishicha, birgina Toshkent tibbiёt akademiyasining o‘zida 1,5 mingdan oshiq hindistonlik talaba tahsil oladi.
“Xalqaro maydonda O‘zbekistonning tibbiy taъlim sifati har doim yazshi baholangan. Ayniqsa, Toshkent tibbiёt akademiyasi ming yillik tarixga ega va garchi xalqaro maydonda diplomlarning tan olinish talablari kuchaygan bo‘lsada, Akademiyaning diplomi xorizhda tan olinadi. O‘zbekiston ular uchun arzon va kafolatli taъlim imkoniyatidir. Tinchlik, sifatli oziq-ovqat, yaъni izhtimoiy muhit talaba uchun muhim va bu O‘zbekistonda bor”,
dedi Boymurodov.
Shuningdek, u Qirg‘izistonda talabalar bilan sozhir bo‘lgan voqea haqida gapirar ekan, O‘zbekiston har qaysi mamlakat fuqarosi uchun eng tinch va bag‘rikeng davlat ekanini bildirdi.
“Bizda hech qachon bunday hodisa sodir bo‘lmagan. Biz O‘zbekistonliklar bu borada ancha tolerantmiz, hamma millatni yaxshi ko‘ramiz. Shu sababli birgina Tibbiёt akademiyasining o‘zida 28 ta davlatdan talabalar kelib tahsil oladi. Hindistonlik talabalar O‘zbekistonlik kursdoshlari bilan bemalol o‘qiydi va yashaydi ham. Umuman olganda barcha talabalar turar zhoylarining atrofi o‘ralgan va u erga begonalar kira olmaydi”,
dedi u.
Prorektorning qo‘shimcha qilishicha, shu sababli ham xorizhliklarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib bormoqda. Ular o‘zbek tilini o‘rganishga kirishgan va ko‘pchiligi allaqachon bemalol bu tilda gaplasha oladi.
“Zhoriy yilgi kirish imtihonlari tugagach, biz xalqaro talabalarni qabul qilishni yana boshlaymiz. Ular onlayn tarzda huzhzhat topshiradilar va suhbatdan o‘tishadi. Munosib deb topilganlarni esa o‘qishga qabul qilamiz. Bizda o‘qish ancha murakkab, talablar qattiq”,
dedi Shuhrat Boymurodov.
Maъlumot uchun, Markaziy Osiёda 40 000 ga yaqin hindistonlik talabalar tahsil oladi. O‘zbekistonda Hindistonning to‘rtta universiteti – Toshkentdagi Amiti universiteti, Andizhondagi Sharda universiteti, Zhizzax viloyatidagi Sambram axborot texnologiyalari instituti va Buxoro viloyatidagi to‘rtinchisi Acharya instituti faoliyat yuritadi.