![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/image-1-8.jpg)
Ammo viloyat IIB shaxslarni ochiqlamoqchi emas.
Maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralar tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, zhami 47 nafar zhinoiy guruh aъzolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularning 6 nafariga nisbatan zhinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 25 nafari maъmuriy tartibda qamoqqa olingan.
“Samarqand viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida zhinoiy guruhlarga aъzo bo‘lgan, izhtimoiy muhitga salbiy taъsirini o‘tkazishga uringan bir necha shaxslar qo‘lga olinmoqda”,- deb ёzilgan IIBB xabarida.
Reyd tadbirlari davomida ushbu shaxslardan giёhvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. Hozirda, maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ammo Samarqand viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabarida qo‘lga olingan shaxslarning kimligi ochiqlanmagan.
Viloyat IIBB matbuot kotibi Zhahongir Saъdullaev ularning kimligi haqidagi savolimizga bu shaxsga doir maъlumot ekanligi sababli ochiqlay olmasligi bilan zhavob qaytardi. Uzdiplomat.uz muxbirining “Toshkentda xuddi shu profilaktik tadbir davomida qo‘lga olinganlarning shaxslari ochiqlandi-ku” degan gapiga esa Saъdullaev “Toshkent bu –Toshkent. Biz ochiqlamaymiz” deya zhavob qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur profilaktik tadbir davomida “Salimboy” taxallusi bilan tanilgan Salim Abduvaliev hibsga olingan edi.