O‘zbekiston 2019 yil Turkiy Davlatlar Tashkilotiga qo‘shildi. Ammo Evroosiё iqtisodiy ittifoqiga 2020 yildan beri kuzatuvchi maqomida ishtirok etib keladi. O‘zbekiston nima uchun Evroosiё iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishni emas Turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shilishni afzal bilgan? O‘zbekiston kelazhagi uchun qaysi tashkilot muhimroq? Shu kabi savollarga Uzdiplomat.uz siёsatshunos Sanzhar Saidovdan zhavob oldi.
Siёcatshunosning aytishicha, O‘zbekistonning tashqi siёsat konsepsiyasiga ko‘ra mamlakat hech qanday harbiy tashkilotlarga aъzo bo‘lmasligi va o‘z hududida hech qanday harbiy tashkilotlarning infratuzilmasi va harbiy bazalar qurishiga yo‘l qo‘ymasligi, O‘zbekiston qurolli kuchlarining boshqa qurolli konfliktlarda ishtirok etmasligi kabilar o‘rin olgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston tashqi siёsati ikki tomonlama siёsatdan asta-sekin ko‘p tomonlama siёsatga o‘taёtganini taъkidladi.
Shu davrgacha Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aъzo bo‘lmagani birinchi hukumat davridagi tashqi siёsatni aks ettirgan.
“Evroosiё Iqtisodiy Ittifoqi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, oxirgi 3-4 yil ichida zhuda ko‘plab ekspertlar, siёsatshunoslar, iqtisodchilar hatto boshqa soha vakillari ham diskussiya uyushtirmoqdalar: “O‘zbekiston bu tashkilotga aъzo bo‘lishi kerakmi ёki kerakmasmi, bu erda O‘zbekistonni milliy manfaatlari qay darazhada inobatga olinadi?”- degan savollar kun tartibida turibdi. Lekin hozircha O‘zbekiston bu tashkilotda kuzatuvchi sifatida turibdi. Buni ham qaysidir maъnoda O‘zbekiston tashqi siёsatining muhim bir yutug‘i deyishimiz mumkin”,
-dedi siёsatshunos Sanzhar Saidov.
Uning aytishicha, Rossiya integrasiyaga zhalb qilaёtgan davlatlar bilan teng huquqli, to‘laqonli hamkor sifatida o‘zini ko‘rmoqdami ёki ularga oldingiday katta og‘alik ruhida qarayaptimi? Afsuski ikkinchi ёndashuv o‘zini ёrqin ko‘rsataёtganini ekspert alohida taъkidlagan.
“Lekin aslida masalaning tub ildiziga nazar tashlaydigan bo‘lsak Evroosiё Iqtisodiy Ittifoqi O‘zbekiston manfaatiga umuman zhavob bermaydi”
,- dedi siёsatshunos.
Batafsil videoda ko‘ring!
https://www.youtube.com/watch?v=KKAtaJuc8yE