![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/20230717pht03003-cl.jpg)
Evroparlamentning xalqaro aloqalar qo‘mitasi Evropa Ittifoqi davlatlarini Ukrainadagi urush fonida Rossiyaning zaiflashgan taъsiridan foydalanib, Markaziy Osiё davlatlari bilan munosabatlarni faolroq rivozhlantirishga chaqirdi. Bu haqda Evropa Parlamenti tomonidan seshanba kuni qabul qilingan rezolyusiyaga tayanib, Europen Interest nashri ёzmoqda.
“Ukrainadagi urush butun dunёda tartibsizliklarga olib keldi: oziq-ovqat va energiya narxlari ko‘tarilib, zhuda ko‘p miqdordagi tovarlarni etkazib berish zanzhirlari buzildi.
Global zhahon tarmog‘i parchalana boshladi va bu ayniqsa Markaziy va Zhanubi-Sharqiy Osiё va Yaqin Sharq mamlakatlariga taъsir ko‘rsatmoqda. Bu ishlab chiqarish quvvatlarining katta qismi to‘plangan er sharining deyarli uchdan ikki qismidir. Shuningdek, dunё aholisining yarmidan ko‘pi ham aynan shu hududlarda yashaydi. Ularning asosiy qismi esa qashshoqlikda kun kechiradi”,
deya o‘z tahlillarini ёzgan Evroparlament hisobotida.
Qabul qilingan rezolyusiyada Markaziy Osiё G‘arb va Sharq o‘rtasidagi munosabatlarda muhim rol o‘ynashi, shuningdek, Afg‘onistonda barqarorlikni saqlash, masalan, gumanitar ёrdam ko‘rsatish, terrorizm, ekstremizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashda ёrdam berishi taъkidlangan.
“Evropa Ittifoqi Markaziy Osiё bilan munosabatlarni mustahkamlash vaqti keldi. Mintaqa geosiёsiy zhihatdan muhim, Markaziy Osiё davlatlari Evropa bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor va bizning hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham foyda keltiradi. Munosabatlarimiz asosi demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat bo‘lishi kerak”,
deb maъruza qilgan Evropa Parlamenti aъzosi Karsten Lucke.
Shuningdek, Evroparlament deputatlari va Evropa Ittifoqi mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirish va siёsiy aloqalarni faollashtirish MOga Rossiya va Belarusь tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishni minimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
“Markaziy Osiёda uzoq muddatli mintaqaviy barqarorlikka erishish salohiyatiga kelsak, Evroparlament deputatlari nizolarni xalqaro huquq va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, shuningdek, inson huquqlarini hurmat qilish asosida hal etish Evropa Ittifoqining mintaqa bilan munosabatlari uchun asosiy ahamiyatga ega ekanini taъkidlamoqda.
Qonun ustuvorligiga rioya qilgan holda, asosiy demokratik kamchiliklarni bartaraf etish kerak”,
deyilgan hisobotda.
Evroparlament deputatlari Markaziy Osiёda shuningdek, ommaviy axborot vositalariga egalik qilish va moliyalashtirishda oshkoralikni xohlaydilar va keng tarqalgan korrupsiya va kleptokratiya hukumatga ishonchni yo‘qotishi, tengsizlikni kuchaytirishi, fuqarolarni davlat xizmatlaridan mahrum etishi va iqtisodiy o‘sishning oldini olishdan xavotirda.
“Evropa davlatlari mintaqa davlatlarini shaffof saylovlar kabi demokratik tamoyillarni amalga oshirishga undashi, korrupsiyaga qarshi faol kurash olib borishi kerak”,
deb ёzilgan hisobotda.
Bundan tashqari, Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiё davlatlari o‘rtasida viza rezhimini yumshatish masalasini muhokama qilish taklif qilingan.
Hisobot 51 kishi ёqlab, 3 nafar qarshi va 1 nafar betaraf ovoz bilan qabul qilingan.
Qayd etilishicha, hisobot endi keyingi yalpi mazhlislardan birida butun Evropa parlamentida ovozga qo‘yiladi