Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvizhonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, bir piyola choy ustida suhbatlashish, taqdirlash va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun 10 milliard so‘m mablag‘ azhratdi. Bu haqda hokimning kecha, 23 noyabrь kuni qabul qilingan 697-14-0-Q/23 sonli qarorida so‘z boradi.
Unda aytilishicha, “Nuroniy” zhamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan har oyda aynan shuncha mablag‘ “bir piyola choy” uchun ishlatib kelingan va Toshkent shahar hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish (!) masalalari bo‘yicha mazhmuasi mazkur tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha murozhaat qilgan.
“Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Toshkent shahar mahalliy byudzhetining 2022 yildagi qo‘shimcha manbalarini xarazhatlarga yo‘naltirish haqida” 2022 yil 22 apreldagi VI-61-99-14-O-K/22-son qarori bilan “Nuroniy” zhamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvizhonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, bir piyola choy ustida suhbatlashish, taqdirlash va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun 10 000,0 mln (o‘n milliard) so‘m mablag‘ azhratilganligi inobatga olinsin”,
deyilgan hokim qarorida.
Bundan tashqari, xuddi shunday tadbirlarni o‘tkazish maqsadida Toshkent shahar mahalliy byudzhetining zhoriy yilning ikkinchi chorak daromadlar rezhasini oshirib bazharilgan qismi hisobidan yana 500,0 mln (besh yuz million) so‘m mablag‘ taqsimlangan.
Mazkur qaror izhrosini ta’minlash esa Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.Shakirovga yuklatilib, taqsimlangan mablag‘nining izhrosi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hisobot kiritishi hamda azhratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda “Nuroniy” zhamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limiga o‘tkazib berilishini ta’minlashi kerak.
Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Zabixulla G‘anievga esa 2023 yil Toshkent shahar mahalliy byudzhetiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilgan.
Ushbu qaror bo‘yicha, Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasi M.Zaripov azhratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Toshkent shahridagi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (Sh.Yariev) azhratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Mazkur qarorning izhrosini nazorat qilish esa Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xotambek Shakirov zimmasiga yuklangan.