Chimildiqdaёq erini urushga zho‘natib, uni 4 yil kutgan, kelinlik davrini dalada bug‘doy o‘rib o‘tkazgan, maktabni bitirish armon bo‘lib qolgan matonatli o‘zbek aёllari haqida…
Ikkinchi zhahon urushi. Siz bu urush g‘alabasida erkaklarning zhasorati va qahramonliklari haqida bir qancha hikoyalarni allaqachon eshitib ulgurgandirsiz. Ammo bu urush nafaqat erkaklar, balki aёllarning ham boshiga turli qiyinchiliklar va balolarni ёg‘dirgan. Shu sababli bugun biz urushda erishilgan g‘alabaga o‘zbekistonlik aёllarning qo‘shgan xissasi va ularning o‘sha vaqtlarda chekkan iztiroblari haqida hikoya qilamiz.
Ruxsat ena bir kam bir asr ёshda. U Zhizzax viloyati Baxmal tumani O‘damalik qishlog‘ida yashasa-da 1941-1945 yillarda olis hududda kechgan urushning sovuq nafasi uning ostonasigacha etib borgan. Aynan 1941 yili u turmush qurgandi. Ammo u bilan tanishishga ham ulgurmagan 20 ёshli erini urushga chaqirishadi.
![Ruxsatoy ena qizlari Oydinisa va Fotima onalar bilan](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2024-05-10-20-26-07.jpg)
“Men bu eshikdan kirsam, cholimni narigi eshikdan urushga olib ketib qolishdi. Biz bir-birimizni ko‘rolmagandik ham. Ro‘zg‘or ishlari biz aёllarning zimmamizda qoldi. Bug‘doy o‘rardim, ikkita ho‘kiz bilan qo‘sh haydardim. Qo‘l o‘roqda ishim unmagani uchun doim belo‘roqda bug‘doy o‘rardim. Sakkizinchi, ettinchi o‘roqlarda bug‘doy o‘rganman.
4 yil uni kutganimdan so‘ng erim g‘alaba bilan sog‘-omon qaytdi. Cholim o‘zi kichkina bo‘lgani bilan mixdek pishiq, hamma narsani eplar edi”,
dedi ena.
![Ruxsat ena farzandlari va nabiralari bilan](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/dsc09858.jpg)
Ruxsat enaning bugun 6 o‘g‘il, 3 qiz, 53 nafar nevarasi, 131 chevara va yana 16 nafar duvarasi bor. Ammo u urush va undan keyingi yillarda bir bolani ham boqish azob bo‘lgani, go‘daklar dalalarda tug‘ilib, dalada o‘sganini eslaydi.
![Nasibali ena](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2024-05-10-20-26-13.jpg)
Nasibali ena. U ham Baxmal tumanida yashaydi. U ham yangi kelinlik kunlari erini urushga zho‘natgan. Ёsh kelin erim frontda och qolmasin deb ertadan-kechgacha bug‘doy o‘rgani va o‘zining mehnat haqi bo‘lgan non bo‘lagini ham urushdagilarga yuborganini eslaydi.
Bugun 105 ёshni qoralagan aёl farzandlari, nabiralari ismini goh-gohida unutib qo‘ysada, ammo ustozini sira esidan chiqarmaydi. Urush Nasibalini taъlim olish huquqidan mahrum qilgan. Bugun 500 ga yaqin avlodlari bor ena hali hamon bolaligiga, maktabga qaytgisi, o‘qigisi keladi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/nasibali.jpg)
“Namuna” maktabida o‘qirdim. Maktab bilan qishloqning orasi zhuda uzoq edi. Har kuni soy kechib o‘tib qatnardik. Er-xotin tatar uztozlarimiz bor edi. Arifmetikadan dars berishardi. “Ey sen zhuda yuvoshsan, yaxshisan”, deb boshimni silashardi. Biz 10-sinfni bitirolmadik. Urush boshlanib qoldi. Ozroq o‘qiy oldik, xolos. Dunё shu ekan-da, bolam. O‘qituvchilarga ham rahmat”,
dedi Nasibali ena.
Biz onaxonlarni ortiqcha urintirmaslik maqsadida hikoyaning davomini ularning farzandlaridan – bolaligi urush tugashining ilk qahatchiligiga to‘g‘ri kelgan keksalardan eshitdik. Ular ota-onalari aytib bergan hikoyalarni eslar ekan, urush davri aёllari sadoqatli, sabrli va matonatli bo‘lganini aytadi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/mavlon-togam.jpg)
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/tojinisa.jpg)
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/oydinisa.jpg)
Maъlumot uchun, Ikkinchi zhahon urushining to‘rt yili davomida O‘zbekiston ittifoqqa 4 mln 806 ming tonna paxta, 54 ming 67 tonna pilla, 1 mln 66 ming tonna g‘alla, 195 ming tonna sholi, 108 ming tonna kartoshka, 374 ming tonna sabzavot va ho‘l meva, 35 ming 289 tonna quruq meva, 57 ming 444 tonna uzum, 1 mln 593 ming tonna go‘sht, 5 mln 286 ming dona teri topshirgan. Bu maxsulotlarning asosiy etishtiruvchisi esa aёllar edi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/7lhxabnasx8rjyj28zhetwsntqj2kwu.jpg)
Urushning dastlabki paytlaridaёq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko‘mir koni shaxtalarida ishlashga yo‘l olgan.
O‘zbekistondan zhami 4555 nafar aёl urushda qatnashgan, ularning orasida aloqachi, uchuvchi, mergan, zenitchi, tibbiy xodim va razvedkachilar bor edi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/4e5ba26e54786249f35228393cca7a25.webp)
Bundan tashqari, urush yillarida O‘zbekiston aholisi SSSR mudofaa zhamg‘armasiga zhami 475 million rubldan ortiq mablag‘, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiёriy ravishda topshirgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/7lhxabnasx8rjyj28zhetwsntqj2kwu-1.jpg)
Bundan tashqari o‘zbekistonlik aёllar urush hududlaridan evakuasiya qilingan 1 million 500 mingga yaqin insonga boshpana bergan. Ota-onasidan zhudo bo‘lgan 250 ming nafar etim bolalarga mehr-oqibat ko‘rsatib, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rgan.