Rossiya hukumati mamlakatdan qamish va lavlagi shakarini, shuningdek, kimёviy toza saxarozani eksport qilishga vaqtinchalik taqiq zhoriy etdi. Bu boradagi qaror imzolandi, deb xabar berildi Rossiya hukumati telegram kanalida.
Bu chora «ichki oziq-ovqat bozori barqarorligini saqlashga qaratilgan», deb izohlangan xabarda.
Cheklovlar kamida 2024 yil 31 avgustgacha amal qiladi.
Faqat Evrosiё iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlariga ayrim istisnolar nazarda tutilgan bo‘lib, Rossiya hukumati ularga maъlum hazhmlarda shakar etkazishga ruxsat berdi. Zhumladan, ёz oxirigacha Qozog‘istonga 120 ming tonna, Qirg‘izistonga 28,5 ming tonna, Armanistonga 28 ming tonna, Belarusga 5 ming tonna shakar etkazishga ruxsat berilgan. O‘zbekiston va Tozhikiston kabi ittifoqqa aъzo bo‘lmagan mamlakatlar esa bu ro‘yxatda yo‘q.
Shakar eksporti taqiqlanishi O‘zbekistonga qanday taъsir qilishi mumkin?
Bunga aniqlik kiritish uchun, Uzdiplomat.uz muxbiri Qishloq xo‘zhaligi vazirligi axborot siёsati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilshod Nazirovga murozhaat qildi.
Uning aytishicha, Rossiyaning shakar eksportini to‘xtatishi haqidagi xabar, muhim ahamiyatga ega emas, O‘zbekiston asosan Braziliya va Hindiston kabi davlatlardan shakar oladi.
“Rossiyadan biz shakar deyarli import qilmaymiz, zhumladan, qand lavlagi hamda shakar qamish ham shular qatorida. Chunki, mamlakatimizda ehtiёzhdan ko‘p shakar ishlab chiqariladi. Faraz qiling, o‘zimizga 7 kilo shakar kerak bo‘lsa, biz 9,5 kilo shakar ishlab chiqaramiz. Import esa asosan Braziliya va Hindistondan bo‘ladi”, – deydi Nazirov. Shuningdek u aprelь boshida vazirlik tomonidan berilgan munosabatda ham bunga alohida to‘xtalib o‘tilganini aytib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda shakarga bo‘lgan yillik talab o‘rtacha 650-700 ming tonnani tashkil etishi maъlum qilingan.
«Angren Shakar» va «Xorazm Shakar» MChZh shakar ishlab chiqarish korxonalarining yillik ishlab chiqarish quvvati 900 ming tonnadan ko‘p bo‘lib, bu ichki bozorni talabidan ortig‘i bilan taъminlashga etarli.
«Rossiya Federasiyasi tomonidan shakar eksportini cheklash O‘zbekistonning ichki bozorida tanqislikni keltirib chiqarmaydi, chunki respublikamizdagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi zavodlarning faoliyati Rossiya bilan bog‘liq emas va 2023 yilda xom-ashё, asosan, 762 ming tonna miqdorida (shakar chiqishi 98 foiz) Braziliya va Hindistondan import qilingan», – deyilgan xabarda.
Ayni paytda ikkita shakar ishlab chiqarish zavodlari tomonidan birzhaga ichki bozor uchun har kuni 2 100 tonna mahsulot chiqarilaёtgan bo‘lib, uning atigi o‘rtacha 300 tonnasi sotilmoqda, xolos.
Shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar maъlumotiga ko‘ra, bugungi kunda etarli (4 oylik savdo uchun) shakar va shakar xom-ashёsi zaxirasi mavzhud bo‘lib, Braziliyadan xom-ashё kirib kelishi davom etmoqda.
Tayёr shakar mahsuloti importi cheklanadigan bo‘lsa, mahalliy korxonalar tomonidan ichki talabni to‘la qondirish imkoniyati mavzhud.
Rossiya o‘rniga Braziliya va Hindiston shakari
2021 yili 12 davlatdan 23,2 ming tonna shakar import qilingan. Rossiya 5,3 ming tonna ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni, Ukraina esa 3,4 ming tonna bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagandi. Aynan o‘sha yili bu ikki mamlakat tomonidan shakar eksportiga taqiqlar o‘rnatila boshlangan va bu ketma-ket har yili zhoriy etilmoqda. Bu davrdan boshlab esa O‘zbekistonga Braziliya va Hindistondan shakar import qilish hazhmi keskin ortdi.
Rossiya o‘zidan ortgan shakarni yangi yo‘nalishlarga eksport qilmoqda
Rosstat maъlumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiya Federasiyasida 6,6 million tonna lavlagi shakari ishlab chiqarilgan, bu 2022 yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Zhoriy mavsumda bu 6,8 million tonnani tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Ichki isteъmol taxminan 6 million tonnani tashkil etadi.
O‘tgan yil 700 ming tonna eksport bo‘lgan va Turkmaniston, Afg‘oniston, Turkiya, KXDR, Senegal kabilarga ham eksport qilish boshlangan.