“Afsuski bugungi kunda o‘z mamlakatlarini o‘zgartirish, isloh qilish va rivozhlantirishga qodir bo‘lgan rahbarlar dunёda ko‘p qolmadi” – Turkiya vise-prezidenti Zhavdat Yilmaz.
Turkiya vise-prezidenti Zhavdat Yilmaz O‘zbekistonda. U 1 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
O‘z tashrifini O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashishdan boshlagan Zhavdat Yilmaz Shavkat Mirziёev va Razhab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida boshqa mamlakat rahbarlariga o‘xshamaydigan do‘stlik aloqalari borligini alohida taъkidladi.
Afsuski bugungi kunda o‘z mamlakatlarini o‘zgartirish, isloh qilish va rivozhlantirishga qodir bo‘lgan rahbarlar dunёda ko‘p qolmadi.
Ammo Turkiya va O‘zbekiston, Zhanob Razhab Toyib Erdog‘on va Shavkat Mirziёev o‘z mamlakatlarini o‘zgartirishga boshchilik qilaёtgan ikki shaxsdir. Ular orasida katta do‘stlik, birodarlik bor. Biz uchun bu zhuda qadrli. Xususan iqtisodiy munosabatlarimizni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik.
Iyun oyida Mirziёev yuqori darazhadagi strategik hamkorlik kengashi uchun Turkiyaga tashrif buyuradi. Kengroq aytganda, mintaqaviy munosabatlarimiz, hukumatlararo va etakchilar o‘rtasida, albatta, yanada kengroq muhokama qilinadi. Biz buni yaqindan kuzatib boramiz”,
dedi Turkiya vise-prezidenti.
Qolaversa, u O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalar ekan, o‘zaro savdo munosabatlari yildan-yilga oshaёtganini alohida qayd etdi.
Bugungi dunё qiyin bir vaziyatdan o‘tayapti. Butun dunё iqtisodiy muammolar ichida yashayapti. Ayniqsa Pandemiya butun dunёga taъsir qildi. Dunёning savdosiga katta taъsir qildi. Bu kabi muammolar butun dunёda mavzhud. Ammo shunga qaramay O‘zbekiston va Turkiya yaxshi yo‘lda ketyapti. O‘tgan yili dunё mamlakatlari iqtisodi 3 % o‘sarkan O‘zbekistonniki 6 %ga, Turkiyaniki esa 4,5 % foizga o‘sdi. O‘zbekiston va Turkiya iqtisodiёtining o‘sishi zhuda baland va tez ketayapti. O‘zaro savdo aloqalarimiz va turizm salohiyati ko‘tarilyapti. Demakki, maqsadlarimizga yaqinlashdik. In Sha Olloh belgilangan marradan-da oshib, zhudayam balandga chiqamiz.”,
dedi u.
Vise-prezidentni qisqa savol zhavobga tutgan zhurnalistlar Rossiyadagi teraktdan so‘ng Markaziy Osiёlik muhozhirlarning Turkiyaga kirishga turli taqiqlar qo‘yilaёtgani va bu O‘zbekistonliklarga ham turli qiyinchiliklar yuzaga keltiraёtgani haqida gapirib, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qachon engillashishiga qiziqdi.
Ha, bu haqidagi barcha gaplarni bugun O‘zbekistonning tegishli masъullari, do‘stlarimiz bilan gaplashib oldik. Har bir mamlakat o‘z xavfsizligiga eъtibor qaratishi kerak. Ammo bu tadbirlarni qilarkanmiz, vatandoshlarmiz, qardoshlarimiz muammolarga duch kelmasligi lozim. Bu mavzuda tegishli masъullar bir-birlariga zhuda yaqin suhbatlashib, bu mazvularni o‘zaro gaplashib, savollar va shikoyatlarga zhuda qisqa vaqtda zhavob topadi,
deya ishonch bildirdi zhanob Yilmaz.
Bundan tashqari, u so‘nggi paytlarda xalqaro maydonda sodir bo‘laёtgan voqealar xususida ham o‘z fikrini bildirar ekan, Falastindagi urush va undagi qurbonlar muammosiga tezroq echim topish kerakligini eslatdi.
Falastinda tabiiyki insoniyatning bir fozheasi bo‘lib o‘tmoqda. Hammamizning yuragimizni ёqadigan sahnalarni ko‘rayapmiz. Ilozhi boricha u erdagi yaralarimiz tezroq bitishni xohlaymiz. Ushbu o‘t ochishni to‘xtatish uchun avvalo, u erda yashaёtgan maъsum tinch aholiga gumanitar ёrdamlari beriladi. Insoniylik ёrdamlaridan keyin esa doimiy tinchlikka erishish uchun sulh tuzilishi, xullas, echim uchun nima kerak bo‘lsa bari qilinishi kerak.
Turkiya Falastinga gumanitar ёrdam berish bo‘yicha birinchilardanmiz. birinchi ёki ikkinchi o‘rinda. Qo‘limizdan kelgan turli xil say-harakatlarni qilayabmiz. Sulh tuzish uchun turli xil diplomatik harakatlarni ko‘rsatyapmiz. Tinchlık uchun biror siёsiy echim topilsa, kafolatli mamlakat sifatida har turli harakatlarni qilishga tayёrmız.
Bilasizki, bugun xalqaro adolat devonida ham bu gaplar huquqiylashılayapti. Isroil boshqaruvi sudlanayapti. Biz Turkiya ham bu erdagi daъvolarga qo‘shilamiz”,
dedi O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya vise-prezdenti Zhavdat Yilmaz.