Bugun, 29 mart Toshkent havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida “Avtomobilsiz kun” eъlon qilingan va ko‘plab fuqarolar, amaldorlar o‘z ishlariga mashinasiz etib keldi. Ammo Toshkent shahar hokimligi xodimlarining o‘zi “Avtomobilsiz kun”da ham o‘z mashinalaridan voz kechmadi.
Uzdiplamat.uz bugun, 29 mart kuni erta tongdan Toshkent shahar hokimligi binosi oldida turib, masъullarning Prezident Farmoniga qay darazhada rioya qilaёtganini kuzatdi.
Kuzatuvga ko‘ra, hududdagi avtoturargohda mashinalar kam. Ammo shu bilan birga hokimlik darvozasidan kirib ketaёtgan avtomobillarning ham keti uzilmadi.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari Gulnoza Qosimovadan intervьyu oldik.
“Biz “Avtomobilsiz kun” tadbirini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugun shahar hokimligi xodimlari, tuman hokimligi xodimlari imkon qadar mashinasiz ishxonaga qeldi. Shu bilan birga nafaqat mashinasiz kelishgan, xatto, avtobus, metro va ekologik toza mashinalarda kelishga harakat qilishdi”, – dedi u.
Undan hokimlik darvozasidan kirib ketaёtgan avtomobillar haqida so‘ralganda esa u “bular chet elliklarga tegishli”, deya zhavob qaytardi.
Xo‘sh, Toshkent havosi uchun barcha davlat organlari, fuqarolar kurashaёtgan bir paytda nega Toshkent shahar hokimligining o‘zi kurashmayapti?
Maъlumot uchun, bugun 29 martni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” etib belgilash Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini“ Ёshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37-son Farmonida nazarga tutilgan edi.