Bugun, «Chorsu» buyum savdo bozorida intervьyu olayotgan uzdiplomat.uz zhurnalistlariga Milliy gvardiya xodimlari qarshilik bildirib qo‘pollik qilgan.
Xodimlar zhurnalistlardan bozorda tasvirga olish uchun ruxsatnoma va tahririyat huzhzhatini talab qilishdi.
Ma’lumki, zhurnalistlar bozorda intervьyu olishlari uchun huzhzhat rasmiylashtirishlari talab etilmaydi. Milliy gvardiya xodimlarining kamera va mikrofon ko‘targan fuqarolardan qo‘rqishi va ularga qo‘pollik qilishi ularning huquq posbonlari bo‘laturib, huquqiy bilimlarga ega emasliklarini ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, huquqshunoslarning izohicha, bozorlar hududi biror-bir cheklovlarsiz har qanday zhismoniy shaxs borishi uchun ochiq bo‘lgan zhamoat zhoyi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasidagi bozorlarning o‘zi kamida 51% ga zhoylardagi davlat hokimiyati organlariga (Hokimlik) tegishli hisoblanadi.
Qonunchilikda bozorlar hududida foto yoki videotasvirlar olib borishga biror-bir cheklovlarni zhoriy etadigan normalar yo‘q. Agar bunday cheklovlar bozorlar ma’muriyati tomonidan qonuniy asoslarda yoki hokimliklarning qarorlariga muvofiq zhoriy etilgan bo‘lsa, ushbu huzhzhatlar har qanday fuqaro tanishib chiqishi uchun ko‘zga tashlanadigan zhoyga zhoylashtirilishi kerak.
Bunda zhurnalist, «Zhurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega.