“Milliy tiklanish” Demokratik Partiyasi raisi Alisher Qodirov maktabni tugatgan, o‘qishga kirganlardan tashqari barcha o‘g‘il bolalarni to‘lovlarsiz, bir yillik mazhburiy harbiy xizmatga zhalb qilishni taklif qildi.
Uning aytishicha, tartib va masъuliyatni maktab va harbiy xizmatda o‘rgatmasak, qamoqxonada hech qachon o‘rgatib bo‘lmaydi.
“Maktabda o‘qituvchida erkinlik, o‘quvchida intizom bo‘lishi shart. 124 ming o‘quvchi sababsiz maktabga kelmagan. 3 ming nafar ota-ona MZhTKning 47-moddasi bilan zharimaga tortilgan.
Bu zhazo shikoyat bo‘lmagani uchun deyarli qo‘llanmagan. Maktabni ham tushunish kerak-bolani o‘qitsinmi, ota-onasi bilan tortishsinmi…”, degan u o‘zining Telegram sahifasida.
U G‘arb yo‘qotilgan avlod oila va taъlimda qadriyatlarni rad etish natizhasi ekanini tan olaёtganini eslatar ekan, O‘zbekiston bu yo‘ldan yurmasligaga ishora qilgan.
“Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak.
O‘zbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, o‘z qadrini biladigan, tafakkur qiladigan o‘g‘il-qizlar rivozhlantiradi.
Nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiёda bog‘cha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun zhamiyat qo‘riqlashi kerak!”- degan u.