Xalqaro reytingda esa narkotik isteъmol qilish eng kam bo‘lgan mamlakatlardan biri deb topildi.
O‘zbekistonda 2023 yilda 6 202 nafar shaxs Zhinoyat kodeksining 270, 271, 273, 274, 275 va 276-moddalarida nazarda tutilgan giёhvandlik vositalari ёki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat zhinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maъlum qildi.
Qayd etilishicha, ularning 2 412 nafariga ozodlikdan mahrum qilish zhazosi, 3 790 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan zhazolar tayinlangan.
«Bundan tashqari 13 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi mazhburlov choralari qo‘llanilgan», — deyilgan xabarda.
Shu kunlarda eъlon qilingan World Population Review dunё bo‘ylab narkotik isteъmol qilish reytingida O‘zbekiston 95-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich bilan Markaziy Osiёning besh respublikasida oxirgi o‘rinda turibmiz.
Giёhvand moddalar eng ko‘p isteъmol qilinadigan davlat — AQSh. Undan keyingi o‘rinlarni Estoniya, Belarus, Mongoliya, Kanada, Rossiya kabi davlatlar egallagan.
Giёhvand moddalar isteъmoli bo‘yicha Qozog‘istonda xavotirli natizha – 8-o‘rin, Qirg‘iziston 23-o‘rin, Turkmaniston 41-o‘rin va Tozhikiston 76-o‘rinda qayd etilgan.
Maъlumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston bozhxonachilari tomonidan 9,2 tonnaga yaqin giёhvandlik vositalari va 663 ming dona psixotrop va kuchli taъsir etuvchi moddalar musodara qilingan. Bu avvalgi yildagiga nisbatan 12,3 barobarga ko‘p bo‘lib, 2022 yilda 749 kg giёhvandlik vositalari, 308 ming dona kuchli taъsir etuvchi vositalar va 5 000 birlik psixotrop moddalar musodara qilingan.