Amaldorning 172 ta savdo do‘koni, 14 ta xonadoni, 43 ta avtomashinasi va 37 ta boshqa ko‘chmas mulklari zararni undirish uchun xatlangan edi.
Oliy sud matbuot kotibi Zhizzax viloyat hokimi o‘rinbosarining ozodlikka chiqqanini rad etdi.
Tarmoqlarda Zhizzax viloyati hokimining qamoqdan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. U 2021 yilda milliardlab mablag‘larni o‘margani uchun 7,5 yilga qamalgan edi. Unga qonuniy zhazo berishni Mirziёevning o‘zi talab qilgan.
Oliy sud mutbuot kotibi Aziz Abidov hamda Zhizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi Akrom Rahmonqulovning ozodlikka chiqqani haqidagi habarlarni rad etdi.
Aziz Abidovning Uzdiplomat.uz’ga maъlum qilishicha, Rahmonqulov ayni paytda Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyada zhazo o‘tamoqda.
Zhizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 2021 yilda sud hukmi bilan 7,5 yilga qamalgan edi. Sobiq hokim o‘rinbosariga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m, Zhizzax shahridagi “Eski shahar” buyum bozorida qurilgan 172 ta savdo do‘koni, ko‘p qavatli uylarda 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina, 37 ta boshqa ko‘chmas mulklar borligi aniqlanib, zararni undirish uchun xatlangan.
Maъlumot uchun, Akrom Rahmonqulov Zhizzaxda ko‘p qavatli bino qulashida aybdor, deb topilgan. Rahmonqulovning qarindoshlari izhtimoiy va boshqa soha obъektlarini qurish bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgani, uning o‘zi esa qarindoshlari yutgan tenderlarda komissiya rahbari sifatida qatnashgani maъlum bo‘lgandi.
Shu sababli Prezident Shavkat Mirziёev Rahmonqulovni siёsatga xiёnatda ayblab, uning “butun to‘dasiga qonuniy zhazo belgilash”ni talab qilgandi.