Yuzlab yo‘lovchilar rezhalashtirilgan safarlari bekor bo‘lganidan norozi.
Aviakompaniya minglab odamlarning rezhalari favqulodda o‘zgartirilgani uchun o‘z mizhozlari oldida biron zhavobgarlik ёki uzr mazmunidagi xabar qoldirgani yo‘q. Oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirishlar esa shunchaki takomillashuv bilan izohlanmoqda.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-03-01_15-12-17-xl.jpg)
29 fevral kuni xususiy loukoster aviakompaniyasi «Humo air» yaqin va uzoq xorizhdagi manzillarda xalqaro yo‘nalishlarni tez orada ochilishini va shu sababli aviakompaniyani qayta rezhalashtirish hamda qayta tuzishga tayёrgarlik ko‘rish zharaёni boshlanishini eъlon qildi.
Shu munosabat bilan 1 martdan 10 martgacha bo‘lgan parvozlar zhadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan, 10 martdan keyingi parvozlar esa vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqida Humo airning sahifalarida maъlum qilinganidan keyin yo‘lovchilar yuzlab izohlarda norozilik bildirib fikr qoldirishmoqda. Ular rezhalashtirib qo‘yilgan parvozlari qoldirilgani sababli ishlarida muammo bo‘lishi, to‘lanishi vaъda qilinaёtgan bilet pullarini ola olmaёtgani va ayni paytda boshqa aviakompaniyalar reyslariga bilet olish muammo bo‘laёtgani haqida shikoyat qilishmoqda.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-03-01_15-41-51-xl.jpg)
Isteъmolchilarning pul qaytarilmaёtganiga zhavoban fikr bildirgan operator 30 kunda pullar qaytarilishini ёzgan.
Xalqaro qoidalarga ko‘ra, reysingiz bekor qilinsa, sizga uchta tanlov huquqi berilishi kerak.
1. Pul qaytarilishi.
2. Yo‘nalish o‘zgartirilishi.
3. Parvoz kuni o‘zgartirilishi.
Yo‘lovchi huquqlari reys qancha muddatga qoldirilgani va parvoz davomiyligiga ko‘ra farq qiladi. Agar parvoz 2 soatdan ko‘proq vaqtga surilsa, ёrdam olishingiz, bu muddat 5 soatdan oshsa, kompensasiya olishingiz mumkin. Aviakompaniya yo‘lovchini ichimlik, ovqat, zhoy va agar zarurat bo‘lsa, tunash uchun zhoyga borishga transfer bilan taъminlashga mazhbur.
«Humo air» hozirda faqat pullarni qaytarishni vaъda berayapti. Lekin yo‘lovchilar bu pullarni hali olishgani yo‘q. Qayta rasmiylashtirish haqidagi yuzlab savollar esa ochiq qolayapti.