Bunda mashhur stabilkoin emitenti Tether kompaniyasi O‘zbekistonning raqamli valyutasini ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Kompaniya O‘zbekiston bilan blokcheynga asoslangan P2P telekommunikasiya infratuzilmasini rivozhlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Bu haqda kompaniya o‘z rasmiy sahifasiga 7 mart kuni zhoylagan press-relizida maъlum qilgan.
Unda ёzilishicha, Tether respublikani «peer to peer» va blokcheyn texnologiyalari uchun markaziy markaz sifatida zhoylashtirish maqsadida O‘zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolagan.
“Hamkorlik O‘zbekiston hududida blokcheyn texnologiyasi, zhumladan, stabilkoinlarni ishlab chiqish va zhoriy etish hamda raqamli aktivlarni tokenizasiya qilishni o‘rganish va rag‘batlantirishga qaratilgan. Tashabbus mintaqada iqtisodiy o‘sishni va innovasiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan”, – deyilgan xabarda.
Hamkorlikning aniq tafsilotlari oshkor etilmagan bo‘lsa-da, Tether O‘zbekistonda kriptoaktivlar uchun qonunchilik bazasi va tartibga solish siёsatini shakllantirishda ёrdam berishini maъlum qildi.
Bundan tashqari, hamkorlik O‘zbekistonning raqamli valyutasini ishlab chiqish va zhoriy etishga ko‘maklashishga qaratilgan.
“Biz O‘zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan O‘zbekistonda blokcheyn, stabilkoinlar va “peer-to-peer” telekommunikasiya texnologiyalarining keng imkoniyatlarini o‘rganish uchun hamkorlik qilishdan xursandmiz.
Ushbu hamkorlik Tether’ning global miqёsda innovasiyalar va raqamli aktivlar ekotizimining masъuliyatli rivozhlanishini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ko‘rsatadi”, dedi Tether bosh direktori Paolo Ardoino.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kriptovalyutalarni sotish faqat O‘zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan lisenziyalangan, savdo serverlari O‘zbekiston hududida zhoylashgan bo‘lishi kerak bo‘lgan ixtisoslashgan kriptobirzhalar bilan cheklangan.