Amerikaga, Rossiyaga ёqish uchun parlament 99% aholi eshitmagan mavzuni ko‘tarmoqchi, deydi siёsatshunos Anvar Nazir. U Alisher Qodirovni O‘zbekistonda LGBT targ‘ibotini taqiqlash bo‘yicha Qonun ishlab chiqilaёtgani haqidagi fikrini tanqid ostiga oldi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov bu borada meъёriy huzhzhat ustida ish olib borilaёtganini aytgan. U transgender munosabatlari avzh olgan AQShda ham Tramp davrida targ‘ibot kamaytirilishini misol keltirgan.
Siёsatshunos, tarixchi Anvar Nazir Milliy tiklanish partiyasi ko‘targan bu masalani O‘zbekiston uchun birinchi darazhali zaruriy masalalardan emas, deb hisoblamoqda. “Zhinoyat kodeksida bu bo‘yicha zhazo bor va bu etarli”, deydi Anvar Nazir. Unga ko‘ra, parlament oldida Tramp va Putinga ёqishdan ko‘ra muhimroq masalalar bor, masalan: gaz, toza suv, issiqlik muammosi.
10 yildan keyin suvsizlik sabab O‘zbekiston yashash uchun yaroqsiz ahvolga keladi. O‘zbekiston uchun ekologik muammo zhiddiy. O‘zbekiston ona tilini, tarixini ёsh avlodga targ‘ib qilish o‘rniga, bor butun kuchini ko‘pchilik o‘zbeklar tanimagan Xellouin va Avliё Valentin kuni bilan kurashga ketkazdi. Til siёsati esa masalan, hali ham bir ahvolda, til haqidagi yangi qonun hali ham yo‘q.
Anvar Nazir o‘z fikrini muxtasar qilib shunday ёzadi: “O‘zbekiston ahvoli rasvo, qarzlar, ekologik muammolar, suv etishmasligi yana 10 yildan keyin 50% O‘zbekiston hududini haёtga yaroqsiz qilib qo‘yadi. Shu asr o‘rtasiga kelib esa 80% hudud yashashga yaroqsiz holga tushishi mumkin. Bu degani, O‘zbekistonning yarmida haёt bo‘lmaydi, iqtisod keskin qisqaradi. Bunaqa ahvolda rivozhlanish emas, yashash uchun imkoniyat qolmaydi. Va bu atigi muammolarning bittasi xolos. Bundan tashqari, energetika, tashqi savdo koridori bizga hozir o‘ta zarur va yagona imkoniyat bu masalada EI taklif qilgan Transkaspiy koridori. Afg‘oniston orqali chiqish bu ertak, bu uchun yarim trillion dollarni hech kim bermaydi, O‘zbekistonda esa bunaqa pul yo‘q. Shuning fonida bular 4 yilga saylangan Trampga ёqaman, deb ahmoq ishlar bilan ovora.
Trampga O‘zbekiston kerak emas, qiziq ham emas, lekin Amerikaning Xitoy bilan savdo urush boshlansa buning O‘zbekistonga taъsiri zhuda katta bo‘ladi. Shularni tahlil qilishning o‘rniga bular bemaъni ishlar bilan band. Telbalar desa ham yumshoq. Yana qo‘shimcha: besoqolbozlik 99% o‘zbeklar uchun, agar 100% demasak, bu o‘ta taqiqlangan mavzu, yaъni bu zhamiyatda hech qachon keng tarqalmaydigan unsur. Keyin, busiz ham bu uchun O‘zbekiston Zhinoyat Kodeksida zhazo bor. Shuning uchun bu zhiddiy muammolardan emas. Masalan, pedofiliya, aёllarga nisbatan zo‘ravonlik, haqiqatdan ham o‘zbek zhamiyatida bugun ko‘paymoqda, bu zhinoyatlar uchun zhazolar esa bizda yumshoq. Shuning uchun shu muammoga eъtiborini qaratsin bunaqa axloq himoyachilari. Necha yil O‘zbekiston ona tilini, tarixini ёsh avlodga targ‘ib qilish o‘rniga, bor butun kuchini ko‘pchilik o‘zbeklar tanimagan Xellouin va Avliё Valentin kuni bilan kurashga ketkazdi. Til siёsati esa, masalan, hali ham bir ahvolda, til haqidagi yangi qonun hali ham yo‘q, 99% aholi uchun dolzarb qonun. Bu erda esa Amerikaga, Rossiyaga ёqish uchun parlament 99% aholi eshitmagan mavzuni ko‘tarmoqchi.
Trampni, Putinni emas, O‘zbekiston yurtdoshlarini ko‘nglini olish va ularga xizmat qilish O‘zbekiston parlamentining burchi, shuni menimcha Alisher Qodirovga eslatib qo‘yish kerak va butun yurt parlamentiga. Odamlar gaz, toza suv, issiqlik, chiroq bilan bog‘liq, qimmatlashib ketgan haёt bilan bog‘liq muammolarni echimini kutyapti desam yangilik bo‘lmasa kerak ko‘pchilik uchun!”, deydi siёsatshunos Anvar Nazir.