Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy zhurnalistlar bilan muloqot o‘tkazdi. O‘zaro ochiq ruhda o‘tgan muloqotda elchi Mahammadali Iskandariy Eronning BRIKS tashkilotidagi o‘rniga to‘xtalar ekan, tashkilot aъzo davlatlari tomonidan AQSh dollari hukmronligiga qarshi siёsat ilgari surilaёtganini qayd etdi.
Maqsad bir valyuta ustunligi emas, barcha valyutalarga ochiqlik, deydi elchi. Muhammadali Iskandariyning qayd etishicha sanksiyalar ostida bo‘lgan Eron Covid-19 pandemiyasi davrida AQSh dollari muomalasi bilan bog‘liq muammolari tufayli vaksina sotib olishda qiyinchilikka duch kelgan.
“BRIKS tashkilotiga asosan dollar hukmronligini maъqullamaydigan davlatlar yig‘ilgan. Bu davlatlar shunaqa fikrdaki, dollardan o‘zlariga nomaъqul bo‘lgan davlatlarga bosim ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanadi. Chunki, qaysi bir yo‘nalishdan borsangiz dunёda dollarga duch kelasiz. Amerika va zhahon banki ham dollarni suiisteъmol qilishayapti. Va o‘sha mamlakatlarning nafas olish yo‘llarini to‘smoqchi bo‘lishadi, yaъni boshqalarning nafas yo‘lini to‘sishadi. Albatta bu yangi fikr, yangi nuqtai nazar emas, ilgaridan ancha davlatlar shunday fikrda edi. BRIKS birortaga qarshi qaratilmagan, u turli xil chiqish yo‘llarini, echim izlab topishga qaratilgan tashkilot. Albatta , Xitoy, Hindiston kabi davlatlar buni asoschilari bo‘lishdi va biz bunga keyin qo‘shildik. Biz bu muammoni ilgaridan payqagan edik, aytgan edik. Lekin bizga ishonishmagandi, quloq solishmagandi. Bundan tashqari zhuda ko‘p narsalar aytgandik, bizga ishonishmagandi. Lekin hozir ko‘pchilik tushunib etdiki dollar tizimi ko‘proq o‘sha nomaqbul davlatlarga bosim o‘tkazish mexanizmiga aylanib bormoqda”, deydi Muhammadali Iskandariy.
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariyning AQShning yangi prezidenti, Isroil, G‘arb davlatlari hamda O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalari haqidagi fikrlarini ham eъlon qilib boramiz.