Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasiga «Tolibon» diplomati rahbarlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Oripov va «Tolibon» harakati rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-G‘ani Baradar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida maъlum qilingan.
Zhoriy yilning 17 avgust kuni Bosh vazir boshchiligidagi rasmiy delegasiya Afg‘onistonga tashrif buyurgan. Ikki mamlakat rasmiylari muzokaralari davomida «Tolibon» hukumatining O‘zbekistondagi diplomatini rasmiy elchi sifatida ko‘rilishi va uni akkreditasiyadan o‘tkazilish masalalari muhokama qilingan.
Uzdiplomat tegishli tashkilotlar bilan bog‘langanida. Tashkilotlar bu xabar bo‘yicha munosabat berishni xohlamadi.
Sputnik Afg‘onistonning ёzishicha, «Tolibon» allaqachon Toshkentdagi 2 nafar muvaqqat ishlar vakili – Mag‘furulloh Shahob va Abdul-G‘afar Baxrni tayinlagan. Ulardan oldin respublika davridan qolgan elchi Ahmad Xolid Ilmiy ishlagan.
Agar bu rasman tasdiqlansa O‘zbekiston Xitoydan keyin «Tolibon» hokimiyatining elchilarini akkreditasiyadan o‘tkazgan ikkinchi davlat bo‘ladi.