Uzdiplomat.uz «Uni taniysizmi?» loyihasi orqali rahbarlarning xalqqa qay darazhada tanish ekani haqida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Loyihaning bu galgi qahramoni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov.
Oddiy muhandislikdan hukumat rahbari lavozimigacha ko‘tarilgan, bir necha yuqori mansablarni egallagan, mediada ham tez-tez ko‘rinish berib turadigan amaldor Abdulla Aripovni odamlar qanchalik yaxshi biladi?
So‘rovnomada qatnashganlar Abdulla Aripovni hokim, Oliy taъlim vaziri, Prezident maslahatchisi hamda diplomat bo‘lsa kerak deb aytishdi.
”Bu kishini taniyman diplomat bo‘lsa kerak, turmush o‘rtog‘im ko‘rsatganlar”
dedi aёl.
Shuningdek, so‘rovnomada qatnashgan boshqa bir ishtirokchi Aripovni Rasul Kusherboev bilan adashtirdi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/1234.jpg)
«Rasmdagi inson Rasul Kusherboev bo‘ladi. Bu kishini taniyman»
dedi respondent.
Yana boshqa bir ishtirokchi esa Bosh vazir Abdulla Aripovni bilmasligini ammo shoir Abdulla Oripovni tanishini aytdi.
«Abdulla Oripovni taniyman. U Qashqadarёlik ёzuvchi, shoir. Lekin vazirni tanimas ekanman»,
dedi so‘rovnoma ishtirokchisi.
Boshqa bir qatnashchi esa, Aripovni tanishini, hatto Bosh vazir bo‘lishidan oldingi faoliyatini ham bilishini bildirdi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/12345.jpg)
«Abdulla Oripov hozir Bosh vazir. Oldin Aloqa vazirligida ham ishlaganlar», dedi respondent.
dedi respondent.
Abdulla Nig‘matovich Aripov dastlabki mehnat faoliyatini 1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis lavozimidan boshlagan.
Faoliyati davomida Aloqa vazirligida bosh mutaxassis, O‘zbekiston pochta va telekommunikasiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘limi rahbari, Pochta va telekommunikasiyalarni rivozhlantirish Davlat fondini raisi, Bosh vazir o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.
2002 yil Aripov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari kompleksi rahbari etib tayinlangan.
2005-2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga rahbarlik qilgan.
2012 yil bosh vazir o‘rinbosari, Axborot tizimlari va telekommunikasiyalar mazhmuasiga rahbarlik qilgan.
2016 yil 16 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangan.
Maъlumot uchun, Abdulla Oripov 2012 yildagi Gulnora Karimova bilan bog‘liq muammolar sababli hukumatdan uzoqlashgan.
Bundan tashqari u shu yilning o‘zida «Uzdunrobita» («MTS-Uzbekistan» brendi) kompaniyasiga qo‘shimcha retranslyatorlar o‘rnatish uchun noqonuniy ruxsatnomalarni berish ayblovi bilan xam qamalgan.
Xo‘sh, siz-chi Bosh vazir Abdulla Oripovni taniysizmi?
Eslatib o‘tamiz, Uzdiplomat.uz da avvalroq Baxtiёr Saidov, (https://www.youtube.com/watch?v=3sb7gzDXT8E) Alisher Qodirov, (https://www.youtube.com/watch?v=IVwP2NRygHM) Ochilboy Ramatov, Shuhrat G‘aniev, (https://youtu.be/S9SqVz2PaW8?si=AjvLVNb8pxEmrsHP)Aziz Abduhakimov (https://youtu.be/vdvHAlJzVF4?si=wh-3gnJyziMKzjRu) haqida so‘rovnoma o‘tkazgandik.