Ukrainadagi 37 ёshli Nikita Andreevich Sklyuev kriptovalyuta o‘g‘irlash maqsadida elektron aloqa vositalari orqali firibgarlik faoliyatini amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Mazkur shaxs AQSh fuqarosining 11,8 million dollarlik kriptovalyutasini o‘g‘irlagani uchun Ukrainadan AQShga ekstradisiya qilingan.
AQShlik advokat Trini Rossga ko‘ra, u Valeriy Drozhkin nomi bilan ham tanilgan. Bu ayblovlar eng ko‘pi 20 yil qamoq zhazosi va 250 ming dollar zharimani o‘z ichiga oladi.
“Ayblov xulosasiga ko‘ra, 2018 yil iyunь oyida o‘zbekistonlik erkak “EOSIO Wallent Explorer” kompьyuter dasturi ilovasini Apple Store do‘koni orqali sotish uchun Apple ga topshirgan.
“EOSIO Wallent Explorer” o‘zini kriptovalyutasi hamёni sifatida ko‘rsatgan, biroq bu dastur kriptovalyuta foydalanuvchisining shaxsiy kalitini o‘g‘irlash uchun mo‘lzhallangan dastur bo‘lgan. Shu orqali Skulevga foydalanuvchining kriptovalyuta mablag‘lariga kirish imkonini bergan”,
degan AQShlik advokat ёrdamchisi Duglas Penrouz.
Duglasga ko‘ra, 2018 yil sentyabrь oyida Nьyu-Yorkning G‘arbiy okrugida yashovchi shaxs “EOSIO Wallent Explorer” ilovasini sotib oldi va uni o‘zining iPhone rusumli apparatiga o‘rnatib, shaxsiy maъlumotlarini kiritganidan so‘ng, Sklyuev zhabrlanuvchining kriptovalyuta hamёniga ruxsatsiz kirish huquqiga ega bo‘lgan.
“Zhabrlanuvchida taxminan 2 milliondan ortiq kriptovalyuta bo‘lgan. O‘sha paytda uning qiymati taxminan, 11,8 million dollarga ega bo‘lgan. 2018 yil 25 sentyabrda Sklyuev AQSh fuqarosining hamёnidagi shaxsiy kalitni o‘zgartiradi, natizhada zhabrlanuvchi o‘z hamёnini boshqarish va kirish huquqini yo‘qotadi. 2019 yil fevralь oyida Sklyuev EOS kriptovalyutasini zhabrlanuvchining hamёnidan uning nazorati ostidagi boshqa ko‘plab onlayn hamёnlarga o‘tkazdi”,
degan advokat Duglas Penrouz.
Adliya departamentining Xalqaro aloqalar boshqarmasi uning hibsga olinishi va ekstradisiya qilinishini taъminlash uchun Ruminiya va Ukraina rasmiylari bilan hamkorlik qilgan.
“Nikita Andreevich Sklyuev zhinoyati yuzasidan sud hukmi eъlon qilinmaguncha aybdor deb hisoblanmaydi. U 2024 yil 3 iyulь kunidagi sudgacha ushlab turiladi”,
deyiladi AQSh Prokuraturasining xabarida.