Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tgan Xitoy, Hindiston, BAA va O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Ёsimasa Xayashi Tokiodagi matbuot anzhumanida maъlum qilgan.
“Sanksiyalarga kelsak, mamlakatimiz Rossiyaga qarshi sanksiyalardan qochish ёki chetlab o‘tishga urinishlarga qatъiy munosabatda bo‘lishni muhim deb hisoblaydi, biz Xitoy va Hindiston, BAA, O‘zbekiston, Qozog‘iston kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan paketni ko‘rib chiqaёtganimizni maъlum qildik. Biz hozir Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi tafsilotlarini kelishishning yakuniy bosqichidamiz va tez orada rasman eъlon qilishni rezhalashtirmoqdamiz”,
dedi Xayashi.
Maъlumot uchun, Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Yaponiya “Katta ettilik“ guruhi bilan kelishilgan holda Rossiya davlat amaldorlari va muassasalari, zhumladan, prezident Vladimir Putinga nisbatan sanksiyalar zhoriy qila boshlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iqtisodchi To‘lqin Boboqulov Uzdiplomat.uz’ga intervьyu berib, agar O‘zbekiston banklari Rossiya tufayli G‘arb sanksiyalariga tushsa, mamlakat tashqi qarzini to‘lay olmay defolt holatiga tushishi mumkinligini aytgan edi.