Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar matbuot kotibi xabar berdi.
Tozhiev Sanzhar Shuhratovich shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sanzhar Tozhiev 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetinining bakalavriat, 2006 yilda esa magistratura bo‘limini tamomlagan.
Shu kunga qadar “The Mob” MChZh da bosh direktor lavozimida ishlagan.
Bundan tashqari mehnat faoliyati davomida, qator masъuliyatli lavozimlarda, shu zhumladan, Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Xaydarov Baxtiёr Xalimovich Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiёt va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Izhtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Baxtiёr Xaydarov 1989 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan.
2010 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2012 yilda magistratura yo‘nalishlarini tamomlagan.