Mashg‘ulotlarni kimёviy, biologik, radiologik, yadroviy va portlovchi moddalar (CBRN-E) tahdidlariga karshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashgan mutahassislar o‘tishgan.
Zhoriy yilning 20-24 may kunlari Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Markaziy Osiёda huquqni muhofaza qilish bo‘yicha loyiha (LEICA) O‘zbekiston va Turkmanistonning to‘qqiz nafardan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun trening tashkil etdi. Bu haqda “News Central Asia” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur trening ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqich 15-19 aprelь kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan kelgan ishtirokchilar qatnashgan.
“Mashg‘ulotda kimёviy, biologik, radiologik, yadroviy va portlovchi moddalar (CBRN-E) tahdidlariga karshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashgan Xalqaro xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarni boshqarish instituti (ISEMI) mutaxassislari, zhumladan Slovakiya xavfsizlik kuchlari va o‘t o‘chirish brigadalari xodimlari tomonidan dars o‘tildi.
Dastur Slovakiya Taъlim vazirligi tomonidan akkreditasiya qilingan va Evropa Ittifoqining taъlim standartlariga mos keladi”,
deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO ham O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan edi.