Rossiya hukumati Federasiyada ishlaёtgan O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib mehnat sharoitlarni yaratish va migrantlarning izhtimoiy himoyasi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ikki davlat rahbarlari uchrashuvi yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anzhumanida aytib o‘tdi.
Biz O‘zbekiston rasmiylari bilan migrasiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlik huzhzhatlari ustida ishlashni davom ettiramiz,
degan u.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada bir milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari yashab mehnat qilmoqda.
Shavkat Mirziёev doim bu masalaga alohida eъtibor qaratadi. Biz ularning (O‘zbekiston fuqarolari) Rossiya iqtisodiёti, ayniqsa, qurilish, uy-zhoy kommunal xo‘zhaligi, transport va logistika kabi zhadal o‘saёtgan tarmoqlarni rivozhlantirishga qo‘shaёtgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaymiz”,
dedi Putin.
Shuningdek, u Rossiyada ishlaёtgan migrantlarning o‘z vatanlariga yuboraёtgan pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiёti va migrantlarning oilalari uchun zhiddiy ko‘mak bo‘laёtganiga alohida urg‘u bergan.
Bundan tashqari, Putin O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatidan rus tili va rus madaniyatiga bo‘lgan samimiy munosabati uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Rossiya mehnat bozori Markaziy Osiёdan kelgan muhozhirlar uchun muqobil emasligini aytgan edi.