![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/image-1-11.jpg)
Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. U bugun, 7 dekabrь kuni Ispaniya poytaxti Madridga etib borgan. Bu haqda “Dunё” AA xabar bermoqda.
Diplomat 50 ёshda. Toshkent davlat iqtisodiёt universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashida ishlagan.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994 yildan buёn faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan, zhumladan attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi (2008-2012 y.) va Yaponiyadagi (2012-2017 y.) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018 yildan buёn u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelaёtgan edi.
Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyaga 2017 yildan buёn rahbarlik qilib kelgan Zhahongir G‘aniev o‘rniga tayinlandi.