Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev o‘zining “Mening haёtim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuarlar kitobini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziёevga sovg‘a qildi. Muallif dastxati tushirilgan, O‘zbekiston Prezidenti uchun atalgan nusxasini uning matbuot kotibi Aydos Ukibay bugun, 6 dekabrь kuni O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadovga bergan.
Shuningdek, Aydos Ukibay Nazarboevning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazgan.
“Tarixiy zharaёnlar va shaxsiy munosabatni o‘zida muzhassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboev o‘zining haёtiy yo‘li, mamlakatning shakllanish va rivozhlanish davri to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o‘n yilliklardagi voqealarga baho beradi»,
deyilgan Asadov xabarida.
Qayd etilishicha, kitob qahramonlari orasida muallif siёsiy maydonda kesishgan taniqli siёsatchilar ham bor. Unda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti davlat va hukumatlar rahbarlari, boshqa mashhur shaxslar bilan munosabatlarini taъriflaydi.
Bundan tashqari, Nursulton Nazarboev o‘z kitobida O‘zbekiston etakchisini “atoqli siёsiy arbob Shavkat Mirziёev”
deya alohida qayd etgan.
“Kitobda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilaёtgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilaёtgan islohotlar yuksak baholangan. Qozog‘iston bilan har tomonlama aloqalar yanada zhadal rivozhlana boshlangani, Shavkat Mirziёev Prezident sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridanoq qardosh mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlaёtgani mamnuniyat bilan qayd etildi”,
deb ёzgan Prezident matbuot kotibi.