O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboev endi Hindistonga elchilik qiladi. Bu haqda 4 dekabrь kuni Oliy Mazhlis Senati raisi Tanzila Norboeva qaror imzolagan. https://senat.uz/oz/decisions/post-1590
“Sardor Mirzayusupovich Rustamboev O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlansin. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eъtiboran kuchga kiradi”, deb ёzilgan qarorda.
Eъtiborlisi, Rustamboev ayni paytda O‘zbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi ham hisoblanadi. U bu lavozimga 2018 yilning iyunь oyida tayinlangan va hozirgacha uning lavozimdan bo‘shagani haqida hech qaerda axborot berilmadi.
Shuningdek, uning yangi lavozimga o‘tgani haqida ham rasmiy manbalar hozircha og‘iz ochgani yo‘q.
Sardor Rustamboev 1979 yilda tug‘ilgan. U Birmingem universitetini tamomlagan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va London universitetining magistri, siёsiy fanlar nomzodi.
2000 yildan buёn O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-2018 yillarda Tashqi ishlar vazirligining Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlik boshqarmasida bo‘limni, 2018 yil may oyidan esa Global siёsat va xavfsizlik boshqarmasida boshqarmani boshqarib keladi.