Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari uchinchi departamenti direktori o‘rinbosari Sergey Overchenko Rossiya va Markaziy Osiё davlatlari bugungi og‘ir sinovlardan munosib tarzda o‘taёtganini aytdi. Bu haqda u “Valday” xalqaro munozara klubida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida so‘z ochgan.
Biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tozhikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston bilan teng huquqlilik, hurmat va ishonch asosida munosabatlarni faol rivozhlantirishda davom etamiz. Shu bilan birga, biz iqtisodiy sherikchilik va o‘zaro manfaatga yo‘naltirilgan ochiq hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik”
dedi Overchenko.
Uning aytishicha, hozirgi sharoitda G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya Federasiyasi va Markaziy Osiё o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘sib bormoqda.
G‘arbning noqonuniy sanksiyalariga qaramay, [Markaziy Osiё mamlakatlari bilan] o‘zaro tovar ayirboshlash hazhmini oshirish mumkin. Mintaqada Rossiya investisiyalari ham ortib bormoqda, savdoning tarkibiy bazasi resurs bo‘lmagan komponent tufayli kengaymoqda”,
deya qo‘shimcha qilgan Overchenko.
Diplomat, shuningdek, Rossiya mintaqa iqtisodiёtida yuqori ulushga ega bo‘lgan Markaziy Osiё davlatlarining asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri va mintaqada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning asosiy isteъmolchilaridan biri ekanligini ham taъkidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Lord Kemeron “sanksiyalarni chetlab o‘tish, inson huquqlari va islohotlar bo‘yicha munozaralarni ilgari surish” bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun O‘zbekistonga kelgandi.