Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi delegasiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda turli afg‘on manbalari xabar bermoqda.
Maъlum bo‘lishicha, tashrif O‘zbekiston tomoni taklifiga binoan bo‘lgan.
“Ichki ishlar vazirligining Narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasining bir qator boshliq va rahbarlari rasmiy tashrif bilan do‘st O‘zbekistonga zho‘nab ketdi.
Delegasiya tarkibida Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi bosh direktori Alhozhi muftiy Muhammadulloh Ahmadi Sohib va boshqarmaning boshqa mansabdorlari bor”,
deyiladi Afg‘onistonning Giёhvand moddalarga qarshi kurash komissiyasi xabarida.
Delegasiyaga esa Afg‘onistondagi o‘zbek diosporasi vakili Abdul Salam Hanafiy rahbarlik qilgan.
Boshqa manbalarning qayd etishicha, Delegasiya aъzolari O‘zbekistonda giёhvandlikka qarshi kurash bo‘yicha ilmiy seminarda ishtirok etadi.