18 may kuni Toshkentning Botanika bog‘ida “Evropa kuni” nishonlanadi va unda Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasining 30 yillik hamkorligiga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi.
Mazkur ko‘rgazma barqaror rivozhlanish maqsadlari, gender tengligi, taъlim, savdo, qishloq xo‘zhaligi, madaniyat va boshqa sohalarga oid loyiha va dasturlar bilan tanishishni xohlovchilar uchun mo‘lzhallangan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga bag‘ishlangan interfaol o‘yin, shuningdek, qishloq zhoylarda bandlik ko‘nikmalarini rivozhlantirishga oid o‘quv viktorinalarida ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, mehmonlar ushbu tashabbuslar mutaxassislariga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazmada zhami 40 dan ortiq loyiha ishtirok etadi.
“Climate Fresk” interfaol o‘yini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish imkonini beradi. O‘yinchilar iqlim o‘zgarishiga qanday omillar sabab bo‘lishini bilib olishlari mumkin. O‘yin IPCC (Intergovernmental Panel on ClimateChange) so‘nggi hisobotidagi maъlumotlarga asoslangan.
Bundan tashqari, ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan EC-AGRIN loyihasi mahsulotlarining degustasiyasi ham bo‘lib o‘tadi.
Festivalda ko‘plab Evropa elchixonalari vakillari ham qatnashishi rezhalashtirilmoqda. Zhumladan, Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Slovakiyaning Evropa Ittifoqidagi 20 yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etmoqda. Finlyandiya, Fransiya, Ruminiya, Xorvatiya elchixonalari ham turli tadbirlar va fleshmoblar o‘tkazadi.
O‘zbekistondagi faoliyatimiz demokratik boshqaruv, raqamli innovasiyalar, inklyuziv o‘sish, barqaror qishloq xo‘zhaligi, aёllar huquqlari, aloqadorlik va boshqalarni qamrab oluvchi dinamik loyihalarimiz bilan yaxshi ifodalangan. Bizning kuchli hamkorligimiz umumiy qadriyatlar va umumiy maqsadlarga asoslanadi. Evropa Ittifoqi O‘zbekistonning barqaror rivozhlanishi va xalqining yaxshi kelazhagi yo‘lida qatъiy qo‘llab-quvvatlaydi. Men Evropa Ittifoqining barcha do‘stlarini 18 may, shanba kuni Botanika bog‘ida ushbu tarixiy voqeani nishonlash uchun biz bilan birga bo‘lishga chin dildan taklif qilaman”,
deya taklif qiladi Sharlotta Adrian Xonim oliyalari, Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi.
Maъlumot uchun, Festivalda Botanika bog‘i hududi foto zona, art-zona, raqs zonasi, intellektual zona, konsert zonasi va sport zonasi va boshqa zonalarga bo‘linadi. Soat 17:30da Botanika bog‘i amfiteatrida Gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Kirish esa bepul.