“Turkiylar – azhdodlarimizning oldiga tusha oladigan na bir xalq, na bir millat bor!”
dedi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafiqov.
Bu haqda u bugun, 29 noyabrь kuni Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining birinchi sъezdida nutq so‘zladi.
“Biz bugun Turkiy davlatlar vakillari birgamiz. Bizni zhuda katta tarix, bebaho umumiy meros birlashtirib turadi. Tomirlarimiz bir ulug‘ darё – Turk dunёsi o‘zanlaridan suv ichadi.
Qalblarimiz mudom g‘ururga to‘ladiki, dunёda davlat va imperiyalar qurishda, ilm va tafakkur olamida Turkiylar – azhdodlarimizning oldiga tusha oladigan na bir xalq, na bir millat bor! Albatta, bu bizning kuchimiz, aqlu zakovatimizni belgilaydigan tarixiy faktdir”,
degan u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bugun Turkiy davlatlar tashkilotining zhadallik bilan rivozhlanishi xalqlarimiz va davlatlarimizning yaqin hamkorligi samarasidir.
“Turkiy davlatlar tashkilotining zhadallik bilan rivozhlanishi xalqlarimiz va davlatlarimizning yaqin hamkorligi menga barchamizning buyuk azhdodimiz – qadimiy turk davlati asoschilaridan biri Bilga Xoqonning “Ey turkiy elim, o‘zligingga qayt, o‘zingni angla – yanada yuksalgaysan!” degan ulug‘ daъvatini yana bir bor eslatmoqda”,
deya o‘z nutqiga yakun yasagan Rafiqov.
Maъlumot uchun, bugun Turkiyaning Anqara shahrida Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining birinchi sъezdi bo‘lib o‘tdi. Unda zhami 5 ta aъzo tashkilotdan 40 nafar delegat ishtirok etmoqda. Shuningdek, tadbirda Turkiya zhamoatchiligi vakillaridan bir qator mehmonlar ham taklif etilgan.