Sharъiy nikohdan o‘tib yashaёtgan ota-onalar agar azhrashadigan bo‘lsa, ularning farzandlari uchun aliment undiriladi. Bu haqda bugun, 13 may kuni Voyaga etmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda alimentga oid undiruv borasidagi ishlarga bag‘ishlangan matbuot anzhumani davomida maъlum qilindi.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya hamda bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, sharъiy nikoh, qonuniy nikoh, ёki muhozhirlarning farzandi o‘rtasida (biz uchun hech qanday farq yo‘q), barcha bolalarning haq-huquqlari tengdir. Sharъiy nikohdan bo‘lgan bolaning huquqi kam, ёki qonuniy nikohdan bo‘lgan bolaning huquqi ko‘p degan masala inkor etiladi”,
dedi Bosh prokuratura boshqarmasi katta prokurori Laylo Fayzimurodova.
Bosh prokuratura matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston qonunchiligida “sharъiy nikoh” degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Unga ko‘ra, “ZAGS”i bo‘lmagan har qanday nikoh noqonuniy deb ataladi.
Biroq shunday bo‘lsa-da qonuniy nikoh eki nikohdan tashqari bo‘lgan farzandlarning barchasiga sud qarori asosida aliment undiriladi.