Avvalroq Uzdiplomat.uz sayti O‘zbekistonlik “Mehribonlik uyi” bitiruvchisi Robert Nosirovning Xitoyga o‘qishga kirganini bilgan Prezident butun zhamoatchilik ko‘rib turgan, katta yig‘ilishda talaba shartnoma pullarini Toshkent viloyat hokimligi zimmasiga yuklagan edi. Prezident bergan topshirig‘i Toshkent viloyati tomonidan bazharilmagach, bu haqida saytimizda maqola eъlon qilingan edi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati raddiya sifatida quyidagilarni maъlum qildi.
“Nosirov Robert Albertovich 2021 yil iyunь oyida 14-sonli Mehribonlik uyini bitirgan va shu yili Xitoy Xalq Respublikasi Changsha shahrida zhoylashgan “Changsha University Of Science and Technology” o‘quv yurtiga o‘qishga kirgan. Taъlimi uchun 2400 AQSh dollari miqdoridagi shartnoma pulini to‘lashda amaliy ёrdam berish haqida Chirchiq shahar hokimligiga arizasi kelib tushgan”, – deyilgan xabarda.
Shu asnoda Robertning Xitoydagi o‘qishining birinchi yil to‘lov-kontrakti to‘lab berilgan. Ammo keyingi yillar uchun to‘lov puli to‘lanmagan va u o‘qishdan haydalgan.
“Bunday holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ёshlar daftari”ni yuritish orqali ёshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni izhtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida tartibga solinadi.
Mazkur Nizomning 7-bob 35-moddasida, Respublikamizdagi professional taъlim tashkilotlarida taъlim olaёtgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsataёtgan barcha oliy taъlim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy taъlim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorizhiy oliy taъlim tashkilotlari va xorizhiy oliy taъlim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taъlim olaёtgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarazhatlarining bir qismi qoplab berilishi belgilangan”, – deyiladi raddiyada.
Shulardan kelib chiqib, Robert Nosirov 2023 yil Chirchiq davlat pedagogika universitetining filologiya fakulьtetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.
“Robertning shaxsiy rivozhlanishi, zhamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun Ёshlar ishlari agentligi uning holidan muntazam xabar olib kelmoqda.
Zhumladan, 2022-yili unga “Ёshlar daftari” mablag‘lari hisobidan “Tashkent IT Park University”da kasb o‘rganishi va o‘qishi uchun 2 million so‘m to‘lab berilgan. 2023-yili “Ёshlar daftari” orqali bir martalik moddiy ёrdam azhratilgan”, – deyiladi hokimlik baёnotida.