2023 yilning 22 sentyabrida «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekatida yuzni skaner qilish (Face ID) orqali to‘lovni amalga oshirish test rezhimi ishga tushirilgan edi.
Ammo mazkur tizim test rezhimida bo‘lsada to‘liq ishlayotgani yo‘q.
Qachon metrolarda yo‘lovchilarning vaqtini tezhovchi Face ID tizimiga to‘liq o‘tiladi? Uzdiplomat.uz muxbiri mazkur savol bilan Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anzhumanida mutasaddilarga yuzlandi.
Unda ma’lum qilinishicha, metrolarda Face ID tizimiga qachon to‘liq o‘tilishi hozircha noma’lum.
“Urg‘u faqat test rezhimiga berilgan. Bu yangi tizim, xato va kamchiliklarini bartaraf etish uchun ko‘p vaqt ketadi. Mazkur test rezhimi qachongacha davom etishi hozircha aniqmas”,- dedi Toshkent metropoliteni matbuot kotibi To‘ychi Mirzaev.
Toshkent Metropoliteni xizmat boshlig‘i o‘rinbosari Abdutohir Abduqodirov esa “Buyuk ipak yo‘li” bekatida Face ID ishlamayotganini rad etdi.
«Bu zharayonlar test rezhimda hozir ham ishlamoqda. Bundan tashqari yana kaft bilan to‘lovni amalga oshirish tizimi ham bekatlarimizda test rezhimda mavzhud»,-dedi u.
2023 yilning 30 noyabrida “Xalqlar do‘stligi” metro bekatida kaft orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirilganligi haqida xabar berilgan edi. Lekin bugungi kunga qadar bu tizim ishlamagan. O‘shanda tizim ATTO kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlashi ma’lum qilingan.
Ushbu qurilmalarning bugungi kunda ishlamayotgani va qurilma o‘rnatilgandan buyon qancha muddat ishlaganligini aniqlash uchun “Toshkent metropoliteni” DUK ga murozhaat qilganimizda bu savolga ATTO kompaniyasi zhavob berishini ma’lum qilishdi.
ATTO kompaniyasi esa mazkur savollarga uch kun ichida zhavob berishini aytdi.